Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil 5-son

  • Uch ogʻayni botirlar

    Uch ogʻayni botirlar

    Yevropada yoturlar.

    Oftob oʻgʻlin koʻtarib

    Yurmagan bahodirlar.

     

    Sattorquli sardori,

    Sotvoldisi shunqori,

    Sobiri beozori...

    Oftob bilmas qaylarda

    Uch oʻgʻilning mozori.

     

    Ularni tilab-tilab

    Olgan edi Oftobi,

    Qirgʻin jangga kuzatib

    Qolgan edi

    ...
  • Sinovli kunlarda

    Yurtimizda kechayotgan karantin kunlari katta-yu kichik uchun sinovli davr boʻldi. Kimdir bu kunlarni juda mazmunli va serunum oʻtkazmoqda. Kimdir oltindan qimmat vaqtini besamar sarflamoqda. “Gulxan” ijodkorlari esa siz aziz muxlislar qoʻliga qiziqarli va mazmunli jurnal tutish maqsadida tinimsiz izlanmoqdalar.

    Yaqinda tahririyatimizga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan bir

    ...
  • Sheʼrlarda shoirning yuragi, shoirlar hech qachon oʻlmaydi

    Mitti oʻrdakcha

     

    Inkubatordan kecha

    Chiqdi mitti oʻrdakcha.

    Qurbaqadan u mitti

    Oyisin soʻrab ketdi.

    Keyin bordi ariga.

    Ari quvdi nariga.

    Koʻrib qolib qargʻani,

    Soʻradi: – Oyim qani?

    Keyin chumchuqni koʻrar,

    Oyim qani, deb soʻrar.

    Uchratib bir laychani

    Soʻradi: – Oyim

    ...
  • Xotira va qadr-qimmat bogʻi

    Ayni karantin kunlariga toʻgʻri kelgan Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi har yilgidan oʻzgacha kayfiyatda nishonlandi. Ushbu shonli sana munosabati bilan davlatimiz rahbari poytaxtimizning Olmazor tumanida barpo etilgan Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi. Hammamizga maʼlumki, Oʻzbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushi yillarida gʻalabani

    ...
  • Sogʻinaman seni, maktabim

    Bolaligimda maktabga borishni juda yaxshi koʻrardim. Hattoki, koʻchadagi bolalar bilan yakshanba kuni, garchi, yoshimiz yetmasa ham maktabga borardik. “Ustoz-ustoz” oʻynardik. Mana shunga ham birpasda oʻn uch yil boʻlibdi. Qiziq, umr oʻtar, vaqt oʻtar deganlari shu boʻlsa kerak. Kechamiz oʻtib ketdi, endi qaytmaydi. Oʻtgan har daqiqa gʻanimat ekan-a?! Yaqindagina darslarda tezroq tanaffus

    ...
  • Toʻkilmagan koʻz yoshlar

    Oʻn bir yil davomida uchta maktabda oʻqidim. Birinchisi bogʻcha-maktab edi. U yerda bogʻchadan keyin boshlangʻich, yaʼni 4-sinfgacha taʼlim berilardi. Boshlangʻich sinfni tugallash arafasida ota-onalar, ustozlarim va sinfdoshlarim bilan bitiruv kechasi tashkillashtirgan edik. Oʻshanda, bundan keyin sinfdoshlar har xil maktablarda oʻqishimiz, bir-birimiz bilan koʻrishish imkoniyati kam

    ...
  • Bahromning hikoyasi

    Elimizning ardoqli ijodkori, Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon olamdan oʻtdi. Ijodining katta qismini bolalar adabiyotining rivojiga bagʻishlagan shoirning oʻnlab sheʼr va hikoyalari siz oʻquvchilarga yaxshi tanish. Anvar aka “Gulxan” bilan hamisha birga boʻldilar. Eng yangi asarlarini jurnal oʻquvchilariga taqdim etdilar. “Gulxan”ning muxlislari xuddi avvalgidek yuz

    ...
  • Umidlarni undirib

    Bahorning oxirgi kunlari...

    Bitiruvchilar yuragida hayajon. Axir qancha yillar bagʻrida ulgʻaytirgan jonajon maktabni tashlab ketish osonmi?!

    Mana bugun oʻzim ham bitiruvchiman...

    Koʻz oldimdan bolaligim bir-bir oʻtmoqda. Birinchi sheʼrim, birinchi hikoyam va birinchi ustozim. Hatto, mening jajji portfelim va unga havas bilan tikilgan dugonalarim ham esimda. Kimning

    ...
  • Alvon rang koʻylak siri

    Davomi. Boshlanishi bu yerda.

    Sarguzashtning boshlanishi

    Kumush koʻp oʻtmay, “Qizim, turdingmi?” degan ovozdan koʻzlarini ochibdi. “Xudoga shukur, tushim ekan”, degancha sevinib oynaga qarabdi. Qarabdi-yu sochlari tushida emas, oʻngida oqarib

    ...
  • “Nabiramga maktublar” kitobidan

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, taniqli yozuvchi Erkin Malikov bolalar uchun sermahsul ijod qilib, oʻzbek bolalar adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan zabardast adib. Erkin aka bolalar olamini, ularning ruhiyatini juda yaxshi biladigan bolajon yozuvchi. Hozirda oʻnlab nabiralarning bobosi sifatida ham bolalar dunyosining nozik jihatlarini qalamga olib,

    ...
  • Qalbda yashar

    Urush qanday beshafqat,

    Qora tunga oʻxshaydi.

    Urush, ayovsiz ofat,

    Ayriliqqa boshlaydi.

     

    Onalar “bolam” deya,

    Chekadi nola, figʻon.

    Mungʻayadi yetimlar:

    – Boʻlsa, – deb, – bir burda non.

     

    Shukr, bitdi urush, jang,

    Fashist holi boʻldi tang!

    Dushmanni mahv qilganlar,

    Jon olib, jon

    ...
  • Jon-u jahonim

    Bolam, deya bagʻrini ochgan,

    Oftob mehrin ayamay sochgan.

    Ular borki, dildan gʻam qochgan,

    Ota-onam jon-u jahonim.

     

    Ular borki, munavvar olam,

    Mudom deydi: “Omon boʻl bolam”,

    Ogʻritmasin qalbini sitam,

    Ota-onam jon-u jahonim.

     

    Farangiz OʻRALOVA,

    Qashqadaryo viloyati Gʻuzor

    ...
  • Hayot madhi

    Men seni sevaman, azizim, hayot,

    Yashayman orzular gashtida yonib.

    Baʼzan hayol ichra qoqaman qanot,

    Sening huzuringdan baxtdan rang olib.

     

    Yashayman xayolda surating chizib,

    Turasan jilmayib misli nafis gul.

    Chehrangga termulib turganlar ham bil –

    Tikaning zahrini anglamas butkul.

     

    Ogʻriqqa chidashga

    ...
  • Biz uchun

    Yigʻilib-yigʻilib jilgʻa soylardan,

    Qorli choʻqqilardan, baland togʻlardan.

    Oʻtib kelayapti vodiy, togʻlardan

    Daryolar biz uchun urmoqda javlon.

     

    Daryo yuragigan qurilgan toʻgʻon

    GES deb atalibdi nurbaxsh pahlavon.

    Million kub suvni qucholgan toʻgʻon

    Zulmatni va qalbni qildi

    ...
  • Kitob

    Kitob – oftob dilimizni yoritadi,

    Kitob – boylik, aqlimizni boyitadi.

    Kitob goʻyo mehri olam ona kabi

    Shirin soʻz-la qalbimizni ovutadi.

     

    Kitob zukko, dono muallim,

    U beminnat beradi bilim.

    Uni oʻqi zavq va maroq-la

    Bir umrga asrab-ardoqla.

     

    Zulfiya SINDAROVA,

    Sirdaryo viloyati

    ...
  • Atirgul

    Atirgulim, atirgul,

    Xushboʻysan, chiroyga moʻl.

    Suv quyaman ertalab,

    Mehr berib, avaylab.

    Shakl berib kesaman,

    Gʻunchalaring erkalab.

    Yashnayvergin bogʻimda

    Atirgulim, gʻunchalab.

     

    Farangiz OKTABROVA,

    Qashqadaryo viloyati Nishon tumani

  • Aka

    Qushlar uchishmoqda osmonda qator,

    Galma-gal safboshi almashar oʻrin.

    Oldinda qarshilik – turfa xavf-xatar,

    Oldinga qoʻyishar qushlarning zoʻrin.

     

    Safboshi boʻlmoqlik osonmas doʻstim,

    Buni vaqt koʻrsatar, vaqt – oliy hakam.

    Men-chi, qarshilikka duch kelmay oʻsdim,

    Chunki oldimda bor safboshi –

    ...
  • Sheʼrlarim

    Soʻzlarim yurakning tub-tublaridan

    Qogʻozning yuziga oʻzin tashlaydi.

    Qaddini tutgancha boʻylari oʻsib,

    Haqiqiy umrini yashay boshlaydi.

     

    Ularda mujassam mehr va ishonch,

    Ular mening dardim, mening hayratim.

    Ular men yukingan aziz bir olam,

    Yuragim parchasi bir dona soʻz ham.

     

    Maftuna

    ...
  • Ustozim

    Maʼrifat gulshanin koʻngilga yoqqan,

    Qancha qora koʻzlar umid-la boqqan.

    Koʻrsatgan mehringiz mislidir daryo,

    Yoʻlingizga gullar boʻlsin muhayyo.

     

    Ilm yoʻllarimiz nurafshon etib,

    Bobolar, buyuklar yoʻlidan eltib.

    Ulugʻlar ichra siz ulugʻ begumon,

    Bergan oʻgitingiz qalbimda hamon.

     

    Bu olamda ikki narsa

    ...
  • Men koʻrgan urush

    Men odamzod kushandasi boʻlgan nemis-fashist bosqinchilarining yer yuzidan tamoman supurib tashlanganiga 10 yil toʻlganda dunyoga kelgan ekanman. Esimni taniganimda esa insoniyatning 1418 kunini tahlikaga solgan, har daqiqada ajal oʻz qiyofasini koʻrsatib turgan bu mudhish tarix bizdan birmuncha yiroqlashgan, odamlar ancha xotirjam tortib, qayta tiklash ishlariga astoydil kirishgan

    ...
  • Abdulla Oripov haykali poyida

    Qarshi shahrida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tashkil etilganiga uch yil toʻldi.

     

    Bir shoir yashadi har lahza yonib,

    Faqat el quvonchin, dardin oʻylagan.

    Oʻz qaygʻu, shodligi, tashvishi qolib,

    “Ona xalqim”, – deya xalqin siylagan.

     

    Bulbulga daʼvogar toʻtilar

    ...
  • Toʻmaris nabirasi

    Shahnoza juda chaqqon, serharakat qiz. Gʻayrati ichiga sigʻmaydi. Qizidagi bu fazilatni sezgan onasi uni 2015-yilda qilichbozlik majmuasiga olib bordi. Sportning bu turi Shahnozaga oʻzbek jang sanʼati, basketbol, voleybol oʻyinlarida shugʻullangan chogʻlarida his qilolmagan zavqni berdi. Shahnoza qilichbozlikni oʻzlashtirishga qatʼiy ahd qildi. Uni sportdan koʻra koʻproq goʻzal sanʼat,

    ...
  • “Tabiat uygʻonar asta jilmayib...”

    Fasllar kelinchagi

    Fasllar chiroyin qilar namoyish:

    Oppoq qorga belar tevarakni qish.

    Yoz dasturxon yozar neʼmatlar qoʻyib,

    Dimoqqa xush yoqar mevalar boʻyi.

    Kuzning oltin rangi biram ajoyib,

    Tabiat rang ila ketgusi boyib.

    Quyosh issigʻida lab yorar koʻsak,

    Paxta qolishmas hech oqlikka kelsak.

    Har bitta

    ...
  • Hoshimjondan oʻrgandim

    Men sevgan qahramon Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” asaridagi Hoshimjon obrazidir. Hoshimjon oʻqimasdan va oʻrganmasdan turib turli xil kasb egasi, yaʼni, oʻqituvchi, agranom va shoir boʻlishni istaydi. Ammo bilimi boʻlmaganligi tufayli, sehrli qalpoqchaning sehriga ishonib, el oldida uyalib qoldi. Bu voqealardan men har bir bola oʻyinqaroq boʻlmasdan, sidqidildan ilm olishi

    ...
  • Uygʻonayotgan umid

    Fargʻonalik oʻquvchi qiz Feruzaxon Moʻminova maktubida “Sheʼrlarim toza koʻnglimning ifodasi”, – deb yozibdi. Feruzaning mashqlarini oʻqib uning haqligiga ishondim. Haqiqiy sanʼat asarlari toza qalb qatlaridan sizib chiqqan javohirga mengzaladi. Bir sheʼrida: “Jajjilarning koʻzlarida nur” degan tashbehlar bilan Vatanga boʻlgan cheksiz muhabbatini izhor etadi. Bola qalbi pok va samimiy

    ...
  • Qulay fursatni kutib

    Karantin kunlarida oʻquvchilardan biri telefon qilib qoldi.

    – Hozir hammamiz uydamiz. Hamisha ishda boʻladigan dadam ham uyda qolganlaridan sevinib, ular bilan shaxmat, shashka oʻynashni xohladim. Shaxmat, shashka taxtachalarini olib yonlariga borgandim, keyinroq oʻynaymiz, dedilar. Rosa kutdim, lekin dadam yonlariga chaqirmadilar. “Dada, qachon oʻynaymiz?” deb yana bordim. Ular,

    ...
  • What is the last book you have read?

    Hello my friends! How are you? What are you doing? What is the last book you have read? Today we are familiar with advice of our peers who live in different countries. What do you think what kind of books do you recommend to read? We will be looking forward to your answers too. Have a nice reading:

     

    Sujan Pokhrel from

    ...
  • “Gulxan” bilimdoni

    1. Manbalarga qaraganda, ushbu tarixiy hudud qadimgi Sugʻd poytaxti boʻlgan. Shaharning nomi esa Firdavsiyning “Shohnoma” asaridagi afsonaviy qahramon, shoh nomidan olib qoʻyilgan ekan. Biz esa bu qadimiy shahar nomini tez-tez nomi oʻzgarmagan holatda zamonaviy koʻrinishida eshitib turamiz. Aytingchi, gap qanday tarixiy shahar haqida bormoqda?

    2. U

    ...
  • Bir soatlik katta tanaffus

    Turkiya boy tarixiy merosi bilan dunyoga mashhur davlat. Turk millati bilan tilimiz, urf-odatlarimiz juda yaqin. Aziz bolalar! Ushbu mamlakatda yashayotgan tengdoshlaringiz, ularning hayot tarzini bilish sizlar uchun juda qiziq boʻlsa kerak-a? Bu haqda Turkiyada istiqomat qilayotgan hamyurtimiz Kamola ARSLONOVA hikoya qilib beradi.

     

    Turkiyaning

    ...
  • Javobi topilmagan savollar

    Hayot bor ekan javobsiz savollarga duch kelaverasiz. Baʼzida ilm-fanda allaqachon javobi boʻlsa kerak, deb oʻylaganlarimiz aksincha boʻlib chiqadi. Quyida eʼlon qilinayotgan savollarga nima deysiz? Balki sizda boshqacharoq javoblar bordir?

    1. Inson qancha yil umr koʻra oladi?

    Qanday gʻalati koʻrinmasin, olimlar va shifokorlar qarishni kasallik deb

    ...
  • Majburiy obuna ham zarur ekan

    Assalomu alaykum, hurmatli tahririyat xodimlari! Men Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 18-maktabda ingliz tilidan dars beraman. Farzandlarim va oʻquvchilarim bilan “Gulxan” va “Gʻuncha” jurnallarini muntazam oʻqib boramiz. Bu jurnallar bolalarning eng sevimli nashriga aylangan. Ular nafaqat farzandlarimning, balki mening, hattoki ota-onamning ham bolaliklariga yoʻldosh, maʼnaviy ustoz

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    – Jasur, eshityapsanmi? Anhor tarafdan kimdir baqiryapti. Borib bilib kelchi. Balki choʻkayotgandir.

    – Borish shart emas, hademay ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib olamiz.

    **

    Oyogʻini qoʻliga olib zingʻillab ketayotgan bola roʻparasidan chiqqan kishini turtib yubordi.

    – Namuncha hovliqasan. Qayoqqa buncha oshiqyapsan?

    – Uyga, onam jazoimni

    ...
  • Shavkat Rahmon

    Shavkat Rahmon 1950-yil 12-sentabrda qoʻshni Qirgʻiziston respublikasi Oʻsh viloyatining Qorasuv tumanida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1966-yil oʻrta maktabni tamomlagach, viloyat gazetasida ishladi.

    1973-yil Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga koʻchib keldi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.