Sheʼrlarim
Soʻzlarim yurakning tub-tublaridan
Qogʻozning yuziga oʻzin tashlaydi.
Qaddini tutgancha boʻylari oʻsib,
Haqiqiy umrini yashay boshlaydi.
Ularda mujassam mehr va ishonch,
Ular mening dardim, mening hayratim.
Ular men yukingan aziz bir olam,
Yuragim parchasi bir dona soʻz ham.
Maftuna ROʻZIBOYEVA,
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi
26-maktabning 10-sinf oʻquvchisi