Ustozim
Maʼrifat gulshanin koʻngilga yoqqan,
Qancha qora koʻzlar umid-la boqqan.
Koʻrsatgan mehringiz mislidir daryo,
Yoʻlingizga gullar boʻlsin muhayyo.
Ilm yoʻllarimiz nurafshon etib,
Bobolar, buyuklar yoʻlidan eltib.
Ulugʻlar ichra siz ulugʻ begumon,
Bergan oʻgitingiz qalbimda hamon.
Bu olamda ikki narsa yagona,
Biri siz boʻlsangiz, biridir ona.
Onadek muqaddas, otamdek ulugʻ,
Siz aziz, mukarram, qadami qutlugʻ.
Sevinch XURRAMOVA,
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi 5-maktabning
8-sinf oʻquvchisi