Javobi topilmagan savollar
Hayot bor ekan javobsiz savollarga duch kelaverasiz. Baʼzida ilm-fanda allaqachon javobi boʻlsa kerak, deb oʻylaganlarimiz aksincha boʻlib chiqadi. Quyida eʼlon qilinayotgan savollarga nima deysiz? Balki sizda boshqacharoq javoblar bordir?
1. Inson qancha yil umr koʻra oladi?
Qanday gʻalati koʻrinmasin, olimlar va shifokorlar qarishni kasallik deb hisoblashadi. Yaʼni, biz uzoq umr koʻrish haqida emas, balki qanday qilib sogʻlom boʻlishimiz kerakligi haqida koʻproq tashvishlanishimiz kerak ekan. Sogʻlom yashagan inson qancha yil umr koʻrishi esa, fan uchun hali nomaʼlum.
2. Nega baʼzi hasharotlar chiroqqa intiladi?
Hasharotlarning bunday harakati ularning eng keng tarqalgan odatlaridan biridir. Yorugʻlik haroratidan nobud boʻlishiga qaramay, ular chiroqqa qarab intilaveradi. Shu bilan birga, nega ular olov paydo boʻlganidan buyon shu kungacha yoʻqolib ketmadi? Olimlar buning haqiqiy sababini haligacha aniqlay olishmagan.
3. Okeanning tubida nima bor?
Bu savol gʻalati tuyulishi mumkin, ammo u bizning roʻyxatimizdan oʻrin olishga haqlidir. Chunki ummonning atigi 5 foizi oʻrganilgan boʻlib, 95 foiz qismida nima mavjud ekanligi nomaʼlum. Shuningdek, olimlar bu savolga javob topishga shoshilishmayapti, chunki ularning fikricha, okean tubiga tushgandan koʻra, Oyga chiqish osonroq ekan.
4. Vaqtlararo sayohat qilish mumkinmi?
Turli sabablarga koʻra, barchamiz hech boʻlmaganda bir marta vaqt mashinasiga ega boʻlishni orzu qilganmiz. Ammo bizga bu iloji yoʻq narsa kabi tuyuladi. Texnik nuqtayi nazardan ilm kelajakka sayohat qilish mumkinligini tasdiqlagan. Faqat buning uchun yorugʻlik tezligida harakatlanish kerak. Ammo oʻtmishga sayohat qilish imkoniyati afsuski mavjud emas.
5. Nega chapaqay insonlar kam?
Maʼlumki, har 10 nafar odamdan atigi bittasi chapaqay hisoblanadi. Ammo 160 yildan buyon nega oʻng qoʻldan koʻp foydalanadigan insonlar dunyo aholisining katta qismini tashkil etishini hech kim izohlay olmagan.
6. Odam nega tush koʻradi?
Odamning nega tush koʻrishi borasida hali ham aniq bir javob yoʻq. Baʼzilar tushlar amalga oshmagan orzular boʻlishi mumkinligini aytishsa, boshqalari tushlar asab impulslari ekanligini taʼkidlashadi.