Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

– Jasur, eshityapsanmi? Anhor tarafdan kimdir baqiryapti. Borib bilib kelchi. Balki choʻkayotgandir.

– Borish shart emas, hademay ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib olamiz.

**

Oyogʻini qoʻliga olib zingʻillab ketayotgan bola roʻparasidan chiqqan kishini turtib yubordi.

– Namuncha hovliqasan. Qayoqqa buncha oshiqyapsan?

– Uyga, onam jazoimni bersin.

– Tavba, shoshmasdan borsang ham beradi oʻsha jazoni.

– Yoʻq, otamdan avval borishim kerak. Agar otamdan keyin borsam jazoimni onam emas, otam beradi.

**

– Nima uchun XX asrga qaraganda odamlar hozir uzoqroq umr koʻrishyapti? – soʻradi oʻqituvchi.

– Chunki odamlar kreditga olgan uylarining haqini toʻlab ulgurishi kerak, – dedi oʻquvchi.

**

– Karantin menga yoqmadi, – dedi Firdavs.

– Nega? – soʻradi oʻrtogʻi.

– Avval darslarimni faqat oyim tayyorlab berardilar. Endi vazifalarni tayyorlashda uydagi hamma kattalar qarashyapti. Ularning orasida bizning harflarni yaxshi tanimaydiganlari ham bor. Biroq negadir baholarim tushib ketdi, – xoʻrsindi Firdavs.

**

Jasurning AQSHda yashaydigan bobosidan xat kelibdi. U xatida karantin tufayli yarimjon boʻlib qolganini, nabirasini unga qarab turish uchun yuborishini, buning evaziga million dollar meros qoldirishini aytibdi.

– Jasur, balki bobongga butun sinfimiz bilan qarasharmiz, – dedi maktubdan xabar topgan sinf rahbari.

– Aslo iloji yoʻq. Axir bobom aniq qilib yozib qoʻyibdi-ku. Uning qoʻllari ishlamayapti, kallasi emas.

 

MUHABBAT

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.