Hayot madhi
Men seni sevaman, azizim, hayot,
Yashayman orzular gashtida yonib.
Baʼzan hayol ichra qoqaman qanot,
Sening huzuringdan baxtdan rang olib.
Yashayman xayolda surating chizib,
Turasan jilmayib misli nafis gul.
Chehrangga termulib turganlar ham bil –
Tikaning zahrini anglamas butkul.
Ogʻriqqa chidashga majburmiz chunki,
Baridan kechmoqqa yurak betlamas,
Kimki ogʻriqlarga bermasa bardosh,
Gulning iforidan bahra ololmas.
Goʻzal gul tikansiz boʻlmaganidek,
Hayot ham boʻlolmas betashvish, begʻam.
Hayot zahmatlari chekkani sari,
Baxtliligin anglab yetarkan odam.
Zarnigor JUMAYEVA,
Buxoro viloyati Peshkoʻ tumanidagi
14-maktabning 11-sinf oʻquvchisi