Jon-u jahonim
Bolam, deya bagʻrini ochgan,
Oftob mehrin ayamay sochgan.
Ular borki, dildan gʻam qochgan,
Ota-onam jon-u jahonim.
Ular borki, munavvar olam,
Mudom deydi: “Omon boʻl bolam”,
Ogʻritmasin qalbini sitam,
Ota-onam jon-u jahonim.
Farangiz OʻRALOVA,
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi
34-maktabning 10-sinf oʻquvchisi