Qalbda yashar
Urush qanday beshafqat,
Qora tunga oʻxshaydi.
Urush, ayovsiz ofat,
Ayriliqqa boshlaydi.
Onalar “bolam” deya,
Chekadi nola, figʻon.
Mungʻayadi yetimlar:
– Boʻlsa, – deb, – bir burda non.
Shukr, bitdi urush, jang,
Fashist holi boʻldi tang!
Dushmanni mahv qilganlar,
Jon olib, jon berganlar.
Qalblarda mangu yashar
Yillar, asrlar osha.
Munisa BAHODIROVA,
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi
236-maktabning 7-sinf oʻquvchisi