Bahor
Sabolar yetaklab keldi ismingni,
Yuragim qaʼridan toʻkildi gʻubor.
Sogʻindim gullardek mayin isingni,
Tarovating olib ketmagin, bahor.
Sen qirlarda chiqqan maʼsum boychechak,
Sen bogʻlarga sepin yoygan kelinchak,
Tabiat sen haqda yozmoqda ertak,
Tarovating olib ketmagin, bahor.
Chamanlar chiroyga toʻlishib ketsin,
Qaldirgʻochlar qanot yoyishib kelsin,
Koʻnglim oftob kabi yorishsin, toʻlsin,
Tarovating olib ketmagin, bahor!
Xurshida BOYMIRZAYEVA,
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani
75-maktabning 8-sinf oʻquvchisi