Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil 4-son

  • Kitob

    Bolalarga kitob bering –

    Degan chorlov yangrab qoldi.

    Ma’rifatli yuraklar bu

    Hikmat ruhin anglab oldi.

    O‘yinchoqning o‘rni bo‘lak,

    Liboslar eskirar bir kun.

    Kitoblar ilm-u ziyoni

    Asrar bag‘rida bus-butun.

    Besh tashabbus qanotida

    Sezib zamon shitobini,

    Sovg‘a qiling farzandlarga

    Yaxshi ko‘rgan

    ...
  • Birgamiz – kuchlimiz

    Assalomu alaykum, “Gulxan”ning aziz muxlislari. Bir muddat tanaffusdan so‘ng siz bilan yana jurnal orqali uchrashib turibmiz. Butun dunyoga tarqalib,  minglab odam­larning hayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan koronavirus tufayli jurnalning 3-4-sonlari biroz kechikib qo‘lingizga tegdi. Lekin aslo xavotir olmang, biz ijodkorlar mamlakatimizda e’lon qilingan karantindan so‘ng

    ...
  • Uchrashuv

    Gazeta topshirigʻi bilan “Samarqand darvoza” mavzesidagi bolalar uyiga borgandim. Egri-bugri koʻcha boʻylab manzilga yetarkanman, nariroqda bolalarning uymalanayotganiga koʻzim tushdi. Bir bogʻning eski devori tagida bolalarning birlari egilib, boshqalari ularning ustiga chiqib, devor osha moʻralashayapti.

    – Hoy, bolalar, nima qilyapsizlar?

    Bolalardan javob olib ulgurmasimdan

    ...
  • Tarbiya

    Dadam – Abdulla Qodiriy bizni xoh oilada, xoh tashqarida boʻlsin zimdan kuzatib turar edilar, lekin sira quruq nasihatgoʻylik qilmas, yoʻrigʻi bilan ikki ogʻiz maʼnoli gap aytar, shuning oʻzi bizga “ham oshlik”, “ham nonlik” boʻlar edi...

    – Ada, menga kitob olishga pul kerak.

    – Xoʻp, qancha?

    –...

    – Yaxshi, – derdilar va soʻraganimni berardilar. Biroq pulni

    ...
  • Oʻzlikni anglatgan olam

    Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi professori, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati Oydin ABDULLAYEVAni koʻpchiligimiz bilamiz. U xalqaro tanlovlar gʻolibi, bir qator oʻquv qoʻllanmalar muallifi, boʻlajak kompozitorlarga taʼlim berayotgan tajribali murabbiy. Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatligiga saylangan birinchi

    ...
  • Tishingiz ogʻrimasin

    Islombekning dadasi bozordan bir xalta bodom, xandon pista olib keldi.

    – Bolalar sogʻligʻiga juda foydali, immunitetini koʻtarar ekan, shifokor aytdi, – dedi Farhod aka xaltani Aziza opaga tutqazayotib. – Tagʻin, mehmonga deb yashirib qoʻyma, bolalarga ber.

    Islombek judayam suyinib ketdi. Axir u yongʻoq, xandon pista, gʻalvirak bodomni juda yaxshi koʻradi-da. Pistalarni

    ...
  • Ukamning orzusi

    Bahor... Shifoxona palatasining ochiq darchasidan oʻrik gulining hidi dimogʻimizga urildi. Ukam ikkalamiz derazadan tashqariga qaradik. Quyosh charaqlab turibdi. Oʻrik gullari ustida asalarilar gʻuv-gʻuv uchgan, daraxt atrofida esa bolalar quvlashmachoq oʻynashyapti.

    – Qaniydi, menga ham doʻxtirlar yugurishga ruxsat bersa, – xoʻrsindi ukam. Uning yuragi xasta. Har taʼtilda men uni

    ...
  • Amir Temurning soʻnggi safari (doston)

    Buyuk Turon davlatin

    Sohibi Amir Temur

    Yurtni birlashtiray, deb

    Yashadi butun umr.

    Bu gal Xitoyga yurish

    Soʻnggiligin bilmas u,

    Yoʻldagi azoblarga

    Aslo parvo qilmas u.

    Oʻtrorga yetganida

    Ayoz esib, yogʻdi qor.

    Amir farmon chiqarib,

    Tunashga qildi qaror.

    Kun botib, kech kirganda

    Tezlashdi

    ...
  • Alvon rang koʻylak siri

    Kutilmagan yomgʻir

     

    Bir bor ekan, bir yoʻq ekan bolalar multfilm koʻrib, internetni bilib, ertaklarga umuman ishonmay qoʻygan zamonda, olis vodiy tomonda Hayitvoy novvoy xotini Shabnamoy va erka qizi Kumush bilan tinch-totuvlikda yashar ekan.

    Shunday kunlarning birida Kumush tugʻilgan kunini nishonlash uchun

    ...
  • Yaxshi taklif

    – Dada, bugun qanday kunligini bilasizmi? – dedi Behzod toʻrqovoqdagi bedanaga don berayotgan dadasiga.

    – Bilaman, oʻgʻlim. Bugun butun dunyoda qushlar kuni nishonlanadi. Men yana sen bilmagan bir narsani bilaman, – sirli jilmaydi dadasi.

    – Nimani, – qiziqdi Behzod.

    – 1-aprel qushlarning qishlovdan qaytish kuni, yana shu kuni dunyodagi barcha yaxshi kishilar qanotli

    ...
  • Bibishoh shotisi

    Baland togʻlar bagʻrida Dehibolo qishlogʻi bor. Dehibolo forscha “dehi” – qishloq, “bolo” – yuqori, yaʼni yuqori qishloq maʼnosini bildiradi. Boysun tuman markazidan 50 km olisda joylashgan. Keksalarning aytishicha, qishloq taxminan 800 yil oldin paydo boʻlgan. Aholi asosan chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik, bedachilik bilan shugʻullangan.

    Qishloq turfa xil olmalari bilan

    ...
  • Topishmoqlar

    Qozonimga osh soldim,

    Bugʻdoy yana tosh soldim.

    Vaqirladi tinmasdan,

    Kovlab turdim, jilmasdan. (sumalak)

     

    Ichak uzdida quvvat,

    Sanalar tansiq neʼmat.

    Masalligʻi goʻsht, bugʻdoy,

    Tarkibi oqsilga boy. (halim)

     

    Qor ketmay mitti polvon

    Gul ochadi yer yorib.

    Shukrona aytar

    ...
  • Varrak

    Mayin shabboda esar,

    Varrak uchar osmonda.

    Yoqimli hislar kezar,

    Qushlar sayrar ayvonda.

     

    Varragim uchar baland,

    Bulutlarga yetadi.

    Ranglari ham rang-barang

    Orzularga eltadi.

     

    Laziza SANAQULOVA,

    Samarqand viloyati

    Kattaqoʻrgʻon tumani

    76-maktabning 4-sinf

    ...
  • Kitobga doʻst boʻling

    Kitobga muhabbatim

    Daryolardek toshadi.

    Doʻstlar, kitob oʻqinglar,

    Aql, idrok oshadi.

     

    Vaqtni bekor oʻtkazib

    Yurishlarga ne hojat,

    Kitob oling, doʻst boʻling –

    Bilimning tagi rohat.

     

    Mohinur RAHIMJONOVA,

    Toshkent viloyati Zangiota tumani

    26-maktabning 5-sinf

    ...
  • Qalban birgamiz

    Nelar boʻlmas dunyoda,

    Odamlar boʻldi hayron.

    Virus kirib keldi-da,

    Dillarni qildi vayron.

     

    Momolar, qiling duo,

    Bobolar, qiling duo.

    Qalban birga boʻlamiz,

    Kuch-qudratga toʻlamiz.

     

    Sabr-matonat bilan

    Kasallikni yengamiz.

    Beshak oʻsha farovon

    Kunimizga

    ...
  • Gerbimiz

    Oʻng tomoni paxtazor,

    Chap tomoni bugʻdoyzor,

    Oʻrtasida nurafshon

    Charaqlagan quyosh bor.

     

    Oʻrkach-oʻrkach togʻlari

    Qimirlamas yil, asr.

    Amudaryo, Sirdaryo

    Suv beradi bebaho.

     

    Oʻrtasida Humo qush

    Deydi: “Boʻlmasin urush!”

    Gerbning tepa qismida

    Tasvirlangan bir

    ...
  • Toʻrtliklar

    Osmondan yulduz boqar,

    Menga juda ham yoqar.

    Goʻyo tun malikasi

    Boʻyniga marjon taqar.

     

    * * *

    Shamol, shamol, shamoljon,

    Esaverma gʻuvillab.

    Bizni qoʻrqitmoqdasan,

    Boʻri kabi uvillab.

     

    * * *

    Tovusdir mening otim,

    Chiroyli

    ...
  • Bayrogʻimiz – faxrimiz

    Bayrogʻimiz toʻrt rangda –

    Moviy, qizil, oq, yashil

    Mazmunan rang-barang-da,

    Doim yuksakka boshlar.

    Oq rang insonlarga xos,

    Odil, soflik belgisi.

    Yashil rangi Vatanning

    Qir-adiri koʻzgusi.

    Qizil rang esa inson

    Tomirida oqqan qon.

    Moviy rang oʻlkadagi

    Koʻm-koʻk, musaffo osmon.

    Oʻn ikki yulduz

    ...
  • Issiq non

    Maktabdan kelganim chogʻ

    Qornim ochiqib ketdi.

    Yegulik yoʻq, voh, voh, voh,

    Ochlik bezovta etdi!

     

    Buvimga dedim shunday:

    – Qiynalmoqda oshqozon.

    Jonimni saqlay qanday,

    Yopib bering kulcha non.

     

    Buvim soʻzlarim tinglab,

    Oʻtinga yubordilar.

    Oʻzlari-chi, un elab,

    Yumshoq xamir

    ...
  • Bolalik

    Bolalikda har bir kun

    Oltinga teng davrdir.

    Hamma insonlar uchun

    U eʼzozdir, qadrdir.

     

    Agar uni desak qor

    Toʻkiladi togʻlarga.

    Jilgʻa boʻlib oqadi,

    Hayot borar bogʻlarga.

     

    Qorligidan yoʻq nishon,

    Qayga ketdi aytmaydi.

    U qor boʻlib yashagan

    Choʻqqisiga

    ...
  • Bahor

    Sabolar yetaklab keldi ismingni,

    Yuragim qaʼridan toʻkildi gʻubor.

    Sogʻindim gullardek mayin isingni,

    Tarovating olib ketmagin, bahor.

     

    Sen qirlarda chiqqan maʼsum boychechak,

    Sen bogʻlarga sepin yoygan kelinchak,

    Tabiat sen haqda yozmoqda ertak,

    Tarovating olib ketmagin, bahor.

     

    Chamanlar chiroyga

    ...
  • Kitobxon bolalar – yurt kelajagi

    Negadir oxirgi paytlarda ustozlarning koʻpgina oʻquvchi yoshlarning mutolaa qilmasligi, kitob oʻqishga qiziqmasligi haqidagi noroziliklarini tez-tez eshitadigan boʻldik. Albatta, buning sabablari ham bisyor. Xoʻsh, aziz bolajonlar, siz kitob mutolaasiga kinofilm koʻrganchalik yoki internet tarmoqlariga ketgan behuda soatlaringizdek vaqt sarflay olyapsizmi?! Sizni maroq bilan kitob

    ...
  • Maktab – kamolot tayanchi

    Bizning maktabda ajoyib anʼana yoʻlga qoʻyilgan. Sinflararo “Eng namunali sinf”, “Eng mazmunli insho” tanlovlari tashkil etilgan. Tanlovlar shartiga koʻra, har bir oʻquvchi koʻproq baho olishi, kitob mutolaa qilishi, oxirgi oʻqigan asari yuzasidan imlo xatosiz va mazmunli insho yozib berishi kerak. Shu bilan birga maktab tartiblariga rioya qilgan holda ozoda kiyinib, odobli boʻlib yurishlari

    ...
  • Aʼlochi qiz – yaxshi qiz...mi?

    Sinfdoshim Dilbar bilan qoʻshniman. Maktabda ham, baʼzi qoʻshnilarimiz ham uni yaxshi, odobli qiz, deyishadi. Lekin men bu fikrga unchalik ham qoʻshilmayman. Tagʻin, oʻzi hamma qizlar shunaqa, bir-birini sirayam maqtamaydi, deb oʻylamang. Gap boshqa yoqda. Balki quyidagi voqelarni oʻqib, siz ham fikrimga qoʻshilarsiz.

    Sinfda Dilbar oʻrta partada oʻtiradi. Ustoz birortamizni doskaga

    ...
  • Mazza qilib bir kuling. Karantinni mot qiling

    1. Nafsi otib hakalak,

    Koʻlmakka tushdi koʻppak.

     

    2.Eh, soʻnggi qoʻngʻiroqni

    Oʻtkazyapmiz onlayn.

    Virus, tezroq ketmasang,

    Bunga chidashim qiyin!

     

    3. Velosipedim

    ...
  • Suzishmi yoki choʻkish

    Aziz oʻquvchilar, siz kundalik hayotingizda koʻp asabiylashasizmi? Baʼzan atrofingizdagi eng yaqin kishilaringizning gap-soʻzlari, yoningizda yurishlari ham yoqmay qoladimi? Shunday paytda oʻzingizni qoʻyarga joy topolmay, xonangizga kirib yolgʻiz qolgingiz yoki koʻchaga, keng dalalarga chiqib ketgingiz, oʻz-oʻzingiz bilan gaplashgingiz keladimi? Nima uchun? Buning sabablari haqida hech

    ...
  • Chumolilar oshpazi

    Shahnoza Karimova kichkintoylarning sevimli jurnali “Gʻuncha”da ishlaydi. Yaqinda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda uning “Qoʻziqorinning qalpogʻi” deb nomlangan kichik hikoyalardan iborat kitobi chop etildi. Hikoya qahramonlari Sulaymon va Madina yozuvchi opangizning farzandlaridir. Kitobchadagi hikoyalarning yozilishiga ilhom bergan voqealar, savol-javoblar

    ...
  • Sheldon Allan Silverstein

    Well-known and loved poet and author Sheldon Allan Silversteinwas born in Chicago, on September 25,1930. While he was working for the adult magazine, he started publishing his own cartoon books. He also started writing collections of poetry. Through the 1970ʼs and early 80ʼs, he released such collections as “Where The Sidewalk Ends” and “A Light In The

    ...
  • Forgotten language

    Once I spoke the language of the flowers,

    Once I understood each word the caterpillar said,

    Once I smiled in secret at the gossip of the starlings,

    And shared a conversation with the housefly

    in my bed.

     

    Once I heard and answered all the questions

    of the crickets,

    And joined the crying of each falling dying

    flake of

    ...
  • Rain

    I opened my eyes

    And looked up at the rain,

    And it dripped in my head

    And flowed into my brain,

    And all that I hear as I lie in my bed

    Is the slishity-slosh of the rain in my head.

     

    I step very softly,

    I walk very slow,

    I canʼt do a handstand –

    I might overflow,

    So pardon the wild crazy thing I just

    ...
  • “Gulxan” bilimdoni

    1. Maks Fray oʻz ertagida uni hozirda mavjud boʻlmagan, hayot kechirmayotgan boshqa bir sayyoraga oʻxshatadi. Oybekning “Bolalik” asarida keltirilgan taʼrifga koʻra u misoli kapalak. Qanotlari nozik, begʻubor umri qisqaligi aytib oʻtiladi. Tohir Malikning “Alvido, Bolalik” qissasida u gʻorning kirish joyidagi yorugʻlikka oʻxshatiladi. Diqqat savol, gap nima haqida

    ...
  • Oltin ketmon

    Yodingizda boʻlsa, jurnalimizning mart sonida “Men eshitgan ertaklar” tanlovining Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan “Oltin ketmon” ertagini 4-sonda chop etishni vaʼda qilgandik.

    Marhamat tanishing.

     

    Juda qadim zamonda

    Bir qishloq boʻlgan ekan.

    Gul ochilib har yonda,

    Nurlarga toʻlgan ekan.

    Odamlar

    ...
  • “Boriga baraka” pirogi

    Baʼzan muzlatkichda yarim piyola qaymoq, banka tagida uch-toʻrt qoshiq qatiq yoki ozgina smetana, mayonez qolib ketgan boʻladi. Agar bu masalliqlar aynib ulgurmagan boʻlsa, ularni uvol qilmay, hammasini bir togʻorachaga soling. Unga 2 ta tuxum, bir stakan shakar, yarim choy qoshiq choy sodasi va un qoʻshib, oʻrtacha yumshoqlikdagi xamir tayyorlang. Tayyor xamirni ikkiga boʻling, biri xiyol

    ...
  • Sosiskali bulochka

    2 stakan un, 100 gramm margarin, 1 stakan ilitilgan sut, yarim choy qoshiq xamirturush va taʼbga qarab tuz solib, yumshoq xamir qoriladi. Tayyor xamirni sochiq bilan oʻrab, bir soat tindirib qoʻyiladi. Xamir oshgach, uzib-uzib, tasma shakliga keltiriladi. Suvda 2-3 daqiqa qaynatib olingan har bir sosiskani tasmali xamirga oʻraladi. Soʻng ustiga tuxum sarigʻi surtib, yuzasiga biroz kunjut

    ...
  • Quymoq (oladushki)

    1 stakan un, bir stakan qatiq, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi, taʼbga qarab tuz solib suyuq xamir qoriladi va 10 daqiqa tindiriladi. Qozon yoki tovaga 200 gramm salat yogʻi solib biroz qizdiriladi. Soʻngra ikki osh qoshiqdan xamir quyib dumaloq shakldagi quymoq pishiriladi.

  • Qulupnayli salat

    Eng avval, qulupnayni yuvib, bandidan tozalab olamiz va har birini uch-toʻrt boʻlakka boʻlamiz. Soʻng likopchaga salat barglaridan terib, ustiga tozalangan qulupnaylarni solamiz va biroz shakar sepib, ikki qoshiq suyuq qaymoqni aylantirib quyamiz. Qulupnayli salatimizni maydalangan yongʻoq bilan bezatamiz.

     

    Pazanda: SADOQAT

  • Kross – sudoku

    Gulchambar shaklidagi kross-sudoku kataklariga 1,2,3,4 gacha boʻlgan raqamlar chapga va oʻngga, markazga yoʻnaltirib takrorlamasdan yoziladi.

    Tuzuvchi: Anvar MIRZAZODA

  • Muhammad Yusuf

    Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topdi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil oldi. Respublika kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida,

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.