Quymoq (oladushki)
1 stakan un, bir stakan qatiq, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi, taʼbga qarab tuz solib suyuq xamir qoriladi va 10 daqiqa tindiriladi. Qozon yoki tovaga 200 gramm salat yogʻi solib biroz qizdiriladi. Soʻngra ikki osh qoshiqdan xamir quyib dumaloq shakldagi quymoq pishiriladi.