Sosiskali bulochka
2 stakan un, 100 gramm margarin, 1 stakan ilitilgan sut, yarim choy qoshiq xamirturush va taʼbga qarab tuz solib, yumshoq xamir qoriladi. Tayyor xamirni sochiq bilan oʻrab, bir soat tindirib qoʻyiladi. Xamir oshgach, uzib-uzib, tasma shakliga keltiriladi. Suvda 2-3 daqiqa qaynatib olingan har bir sosiskani tasmali xamirga oʻraladi. Soʻng ustiga tuxum sarigʻi surtib, yuzasiga biroz kunjut bilan qora sedana sepiladi va gaz patnisiga terib yarim soatga issiq pechga qoʻyiladi.