Qulupnayli salat
Eng avval, qulupnayni yuvib, bandidan tozalab olamiz va har birini uch-toʻrt boʻlakka boʻlamiz. Soʻng likopchaga salat barglaridan terib, ustiga tozalangan qulupnaylarni solamiz va biroz shakar sepib, ikki qoshiq suyuq qaymoqni aylantirib quyamiz. Qulupnayli salatimizni maydalangan yongʻoq bilan bezatamiz.
Pazanda: SADOQAT