Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Toʻrtliklar

Osmondan yulduz boqar,

Menga juda ham yoqar.

Goʻyo tun malikasi

Boʻyniga marjon taqar.

 

* * *

Shamol, shamol, shamoljon,

Esaverma gʻuvillab.

Bizni qoʻrqitmoqdasan,

Boʻri kabi uvillab.

 

* * *

Tovusdir mening otim,

Chiroyli pat-qanotim.

Tovlanaman beqiyos,

Ovozim xunuk biroz.

 

Muslimaxon USMONOVA,

Fargʻona viloyati 17-bolalar

musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.