Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bayrogʻimiz – faxrimiz

Bayrogʻimiz toʻrt rangda –

Moviy, qizil, oq, yashil

Mazmunan rang-barang-da,

Doim yuksakka boshlar.

Oq rang insonlarga xos,

Odil, soflik belgisi.

Yashil rangi Vatanning

Qir-adiri koʻzgusi.

Qizil rang esa inson

Tomirida oqqan qon.

Moviy rang oʻlkadagi

Koʻm-koʻk, musaffo osmon.

Oʻn ikki yulduz asli,

Viloyatlar ramzidir.

Bu bayroq Vatanimiz

Gʻururidir, faxridir.

 

Nozanin OCHILOVA,

Buxoro viloyati Kogon tumani

13-maktabning 7-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.