Issiq non
Maktabdan kelganim chogʻ
Qornim ochiqib ketdi.
Yegulik yoʻq, voh, voh, voh,
Ochlik bezovta etdi!
Buvimga dedim shunday:
– Qiynalmoqda oshqozon.
Jonimni saqlay qanday,
Yopib bering kulcha non.
Buvim soʻzlarim tinglab,
Oʻtinga yubordilar.
Oʻzlari-chi, un elab,
Yumshoq xamir qordilar.
Hovlini hidi tutib
Bir payt issiq non pishdi.
Shirmoyning iforidan
Tanamda quvvat toshdi.
Shahina ABDULLAYEVA,
Guliston shahar 12-maktabning
7-sinf oʻquvchisi