Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mazza qilib bir kuling. Karantinni mot qiling

1. Nafsi otib hakalak,

Koʻlmakka tushdi koʻppak.

 

2. Eh, soʻnggi qoʻngʻiroqni

Oʻtkazyapmiz onlayn.

Virus, tezroq ketmasang,

Bunga chidashim qiyin!

 

3. Velosipedim talash

Boʻlib qoldi shu kunda.

Goh dadam minib ketar,

Goh akam tutar ruldan.

 

4. Jon shirin-da toshbaqa

Shamoldan tez yugurdi.

Burgut yetib kelmasdan

Berkinishga ulgurdi.

 

5. Boyoʻgʻli bilan Shoqol

Suyanishib bemalol,

Sabziga xoʻp toʻyishdi,

“Rahmat, doʻstlik”, deyishdi.

 

6. Qoʻzichoq surar xayol:

Lola oʻsar goʻzal, ol.

Yesam toʻyardi qornim,

Lek unga kelar rahmim.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.