“Obihayot” boshqotirmasi
CHAYNKROSSVORD 1. Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan oqib oʻtuvchi daryo. 2. Ladoga koʻlidan boshlanuvchi daryo. 3. Sersuvligi va havzasi maydoniga koʻra dunyoda birinchi oʻrinda turuvchi daryo. 4. Atlantika okeani havzasiga mansub dengiz. 5. Turkiyadagi koʻl. 6. Avstraliyadagi daryo. 7. Armaniston va Kavkazdagi eng katta koʻl. 8. Tancha soʻzining sinonimi. 9. Fransiyadagi eng uzun daryo. 10. Yoqutisdondagi daryo, Lena irmogʻi. 11. Belarus va Litva hududidan oqib oʻtuvshi daryo. 12. Shimoliy Amerikadagi sharshara. 13. Qozogʻiston janubidagi daryo. 14. Qirgʻizistondagi daryo. 15. Xitoydagi daryo, Amur daryosi irmogʻi. 16. Sibirdagi daryo, Angara irmogʻi. 17. Braziliyadagi Purus daryosining irmogʻi. 18. Sharqiy Osiyodagi daryo. 19. Toshkent yaqinidagi koʻl.
“Zanjir” shaklida: 20. Suvchi. 21. Chirchiq daryosudan chiqarilgan qadimiy kanal. 22. Fargʻona viloyatidagi suv ombori. 23. Tengiz koʻliga quyiluvchi Qozogʻistondagi daryo.
Boʻyiga: 24. Suv manbai Zarafshon daryosi hisoblanuvchi suv ombori. 25. Venesuela va Kolumbiyadagi daryo.
TOPSHIRIQ Shakldagi raqamlar juftini (birinchi soʻz, ikkinchisi harf tartibini anglatadi) yuqoridagi javoblardagi harflar bilan almashtirish orqali topshiriqni hal eting. Bunda ulardan dunyodagi eng chuqur chuchuk suvli hamda eng katta koʻl nomlarini bilib olasiz.
KRIPTOGRAMMA Kalit soʻzlar: 1. Maqoldan: Soʻzning onasi – quloq, suvning onasi – 14,9, 15,7, 12.
2. Jizzax viloyatidagi daryo – 4,2, 3,11,8, 7,6.
3. Sunʼiy bosim ostida yuqoriga otiluvchi suv oqimi – 13,2, 10,10,7, 6,2.
4. Rossiya Federatsiyasidagi Azov dengiziga quyiluvchi daryo – 16,7, 3.
5. Italiyadagi daryo – 5,1, 14,6.
Endi kalit soʻzlar javoblari orqali shaklning yuqori va ostki qismlaridagi raqamlarda yashiringan kriptogrammani hal etish bilan ikkita oʻzbek xalq maqolini bilib oling.
Foziljon ORIPOV tuzdi