Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2020-yil 3-son

  • Bahor

    Inson ko‘zlarida jon olar bahor,

    Barcha tomirida uning to‘lqini.

    O‘tmishning behuda oni kabi qor,

    Beiz, bedard erib ketar uchquni.

     

    Inson ko‘zlarida jon olar bahor,

    O‘yinqaroq go‘dak singari bulut.

    Ko‘k qovog‘i uyuq, yorqin bir viqor

    Kishilar qalbidan boqar bo‘lib o‘t.

     

    Bahorning sehrgar boqiy

    ...
  • Bayramlarga boy fasl

    Ko‘klamni sog‘ingan dillarga quyoshning iliq nurlarini ulashib, o‘lkamizga bahor fasli tashrif buyurdi. U har yili quchog‘ini gul-u chechaklarga to‘ldirib, qo‘shaloq-qo‘shaloq  bayramlarning qo‘lidan tutgancha  keladi.  Bu yil  ham har yilgidek, eng  avvalo, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tug‘ilgan kunni nishonlash bilan bahorga peshvoz chiqdik. Zulfiya

    ...
  • Oʻlsam ayrilmasman quchoqlaringdan

    Sehrli musiqaday jaranglovchi bu ajib soʻzlarni ilk bor bolaligimda – urush boshlangan yili eshitgandim. Yosh tomoshabinlar teatrining Eski Joʻvadagi almisoqdan qolgan torgina zali. Odam tirband. Sahnada past boʻyli, kulcha yuzli, istarasi issiq artist koʻzlari chaqnab, ovozini bir koʻtarib, bir pasaytirib hayajon bilan sheʼr oʻqimoqda.

     

    Vatan – ona soʻzi naqadar

    ...
  • Navroʻz shodiyonasi

    Yangilanish va uygʻonish faslining ilk kunlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktabda, Sharq Xalqlarining eng qadimiy bayrami Navroʻzga bagʻishlangan sayl boʻlib oʻtdi.

    Erta tong, qadriyatimiz hashar bilan boshlandi. 200dan ziyod manzarali koʻchatlar ekildi.

    Navroʻz sayli tantanalari karnay-surnay navolari-yu, doirachilar oʻrtasidagi

    ...
  • Gulshoda

    Yana bahor keldi bizni sogʻinib,

    Oylar sanab kutdik, gulga sigʻinib.

    Har chechak oʻzgacha kuylaydi bayot,

    Yana goʻzallikdan yashardi hayot.

     

    Har gulning oʻz chiroyi, ruxsori bor,

    Har gulning mushki anbar, ifori bor.

    Gulsiz makon latofatga begona,

    Gullar asli ayollarga dugona.

    Gulchehra

    ...
  • Seni shunday sevaman, tuproq

    Nogoh yurak hapriqib ketar...

    Men bilaman, u kutar meni.

    Hech qanday kuch yoʻq qila olmas

    Qalbimdagi bunday sevgini.

    Qadamlarim qanot kabidir,

    Uchib, tunning koʻksini tilar.

    Anhordagi boʻtana suv ham

    Mening ajib sevgimni bilar.

    Toqqa chiqib, hayqirganimda

    Daralardan qaytdi aks-sado.

    Yashil vodiy, daryolar

    ...
  • Kitobga doʻst boʻlaman

    Muqaddasdir tuprogʻim,

    Muhabbati koʻprogʻim.

    Yashnasin hurlik ichra,

    Gulshanim, chaman bogʻim.

     

    Yangrasa mumtoz bayot,

    Jilmayib boqar hayot.

    Sirlari koʻp olamda

    Har kunim bir kashfiyot.

     

    Oshi halol elim bor,

    Oftobjamol feʼlim bor,

    Bulbullar makon topgan

    Yuragim xuddi

    ...
  • Quyosh

    Shunchalar chaqqonsan, shuncha ozoda,

    Sendan poklanadi hatto togʻ-u tosh.

    Eng kichik maysadan daraxtlargacha

    Gʻuborin yuvasan erinmay quyosh.

     

    Yaproqlarning nafis tabassumida

    Jilva etar sening nurli afsonang.

    Yaratgan nafasi ufurgan joydan

    Asli bunyodmikan yoki koshonang?..

    Halima

    ...
  • Senga oʻxshagim keladi, bahor

    Qalbimda ochildi goʻyo bir tilsim,

    Sirlaring mahzani ado boʻlmasdek.

    Oppoq orzularga toʻldi bu koʻksim

    Ruhimni osmonga olib uchgandek.

    Bunchalar fusunkor boʻlmasang, bahor,

    Men senga oʻxshagim keladi takror!

     

    Meni ham sen kabi kutisharmikin,

    Yoʻllarimga boʻlib zor-zor, intizor.

    Qani goʻzal boʻlsa sheʼrlarim

    ...
  • Talqin...

    Men sheʼrman...

    Dardi pishib-pishib, kechroq tugʻilgan,

    Katta davralarda oʻqilmagan sheʼr.

    Oʻqilmasimdanoq yoqqanding pinhon

    Yonganimda unsiz yondi ona yer.

     

    Kulim sovumasdan

    Sochganding, ey voh,

    Toshlarga urilib, boʻlsin deb ado.

    Va lekin roʻy berdi sen kutmagan hol,

    Minglab yuraklarda berdim men

    ...
  • Bahorim

    Tabiat qoʻli gul sanʼatkor,

    Tuhfasi, husni ham betakror,

    Yasharish, uygʻonish senda bor,

    Oʻlkamga xush kelding, bahorim.

     

    Daraxtlar shoda dur taqibdi.

    Bu ziynat dillarga yoqibdi,

    Qizgʻaldoq jilmayib boqibdi,

    Oʻlkamga xush kelding, bahorim.

     

    Shoir sheʼridagi gʻuluvsan,

    Oy yuzli qizlardek

    ...
  • Umr yoʻllarini yoritgan nur

    Respublikamizning qaysi viloyati, tumaniga borib: “Gulxan” jurnalidan keldim, desak, suhbatdoshimiz beixtiyor jilmayib: “Opa, Hamidova opa ishlayaptilarmi?! Men falon yilda u kishidan xat olganman. Juda ajoyib jurnalist: Maqola, lavhani ham hikoyadek qiziqarli qilib yozadilar, deyishadi. Bu eʼtiroflar bejiz emas. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,

    ...
  • Oymomo men bilan qolmadi

    Atanurning tush koʻrib, uygʻonganini anglagan xolasi soʻradi:

    – U ketdi...

    – Kim ketdi? U ketdi, u ketdi, deyapsan?

    – Oy mening yonimda qolmadi, men bilan yotmadi, ketdi... – deya koʻzlari va oʻng qoʻli bilan deraza tomonga ishora qildi. Bu bilan goʻyo Oyning ketib qolganini bildirdi. Xolasi yolgʻiz yotishga oʻrganmagan jiyanini tinchlantirish uchun:

    – Men

    ...
  • Kasbim – faxrim

    Maktabning yuqori sinf oʻquvchilariga anonim soʻrovnoma tarqatildi. Ular esa: “Kelajakda kim boʻlmoqchisiz”, “Kasbni puxta egallash uchun nimalarga eʼtibor berish lozim”, “Maktabda qaysi toʻgaraklarga qatnashasiz”, “Kasb tanlashda kitobning oʻrni” kabi savollarga mustaqil javob berishdi. Shu mavzuda insholar tanlovi ham oʻtkazildi.

    Insholar orqali oʻquvchilarimizning orzu-maqsadlari,

    ...
  • Tanishing: gʻoliblar

    Dono va zukko bolajonlar. Jurnalning 2019-yilning 1-sonida eʼlon qilingan “Yosh jurnalist” tanlovi gʻoliblarini sabrsizlik bilan kutayotgan edingiz-a?! Mana nihoyat, oʻsha hayajonli damlar ham yetib keldi. Tanlovga yil davomida ijodkor, izlanuvchan jurnalxonlarimiz 200 ga yaqin ijodiy ish yuborishdi. Tahririyat aʼzolari har bir maktubni diqqat bilan oʻqib chiqishdi. Maktub egalarining

    ...
  • Besh tashabbus – besh imkon

    Sirdaryo tumanidagi 40-maktabda Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbusning barcha yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etilgan. Bu toʻgaraklar sportchi, ijodkor, sanʼatsevar oʻquvchilarimizning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida katta imkoniyat yaratmoqda. Ular turli tanlov va bellashuvlarda tuman, viloyatlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Shahnoza Azimova

    ...
  • Zulfiyaning lobar qizlari

    “... Maʼlumki, yurtimizda xotin-qizlarning qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularning mehnatini munosib qadrlashga alohida eʼtibor berilmoqda. Jumladan, har yili mamlakatimiz boʻyicha 28 nafar isteʼdodli qizlarimiz ulugʻ shoiramiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

    Hozirgi vaqtda ushbu mukofotga sazovor boʻlganlar

    ...
  • Usta haqi

    Keling, avval oʻzimni tanishtiray. Ismim Izzat. Familiyam Oqilov. Matematika fakulteti talabasiman. Ha, ha oʻsha siz qiyin hisoblagan fan menga juda yoqadi. Bejizga “Matematika – fanlar otasi” deb aytishmagan. Sizga aytsam, bu fanga qiziqishimga bir voqea sabab boʻlgan. Balki bu voqea sodir boʻlmaganida oliygoh eshigini ham koʻrmay, hozir qayerdan ish topishni bilmasdan yurgan

    ...
  • Qoʻshaloq omad

    Bolalik bogʻlarida quvnab yurish, bu davrning yoqimli onlarini his etish dunyodagi eng katta baxt hisoblanadi. Garchi oʻsmir boʻlsam ham, ijod bilan bolalikka qaytgandek boʻlaman. Eng quvnoq, eng aziz va latif hisoblangan bu davr haqida toʻlib-toshib, jon dilim bilan ijod qilgim, barcha mavzularni pokiza tuygʻular egasi boʻlgan bolalar nigohida tasvirlagim keladi. Yaqinda, Xalq taʼlimi

    ...
  • Quyosh

    Yuksak togʻlar bagʻridan

    Asta koʻtaradi bosh.

    Goʻyoki ufq qaʼridan

    Nur sochar sehrli tosh.

     

    Olam boʻlar bahramand

    Uning zarrin nuridan.

    Yerni aylangach baland,

    Joy olar ufq toʻridan.

     

    Maʼmurjon NAFASOV,

    Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi

    75-maktabning 11-sinf

    ...
  • Kitob ilm xazinasi

    Kitob oʻqigan bola,

    Qalbida oftob boʻlar.

    Goʻyoki shoʻx shalola,

    Mavjlanar, jilolanar.

     

    Kitob eng yaqin doʻstdir,

    Toʻgʻri yoʻlni koʻrsatar.

    Eng odil, dono soʻzdir,

    Marralarni koʻzlatar.

     

    Azizbek BESHIMOV,

    Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi

    178-maktabning 4-sinf

    ...
  • Boʻynoq

    Itim bor nomi Boʻynoq,

    Vafodor uyimizga.

    Rostdan ham boʻyni oppoq,

    Posbondir tunimizga.

     

    Hovlimizga begona

    Itlarni yoʻlatmaydi.

    Kunduzi ham taltayib,

    Salqin joyda yotmaydi.

     

    Joʻjalarni qoʻriqlar,

    Ayyor qora mushukdan.

    U bilan doʻstlashganmiz

    Bilsangiz, biz

    ...
  • Iqbolim

    Suyanganim, buvijon,

    Baxtimga boʻling omon.

    Boʻlay madadkoringiz,

    Koʻz nuri, madoringiz.

     

    Tayanganim, bobojon,

    Gʻam yemangiz hech qachon.

    Yoningizda men borman,

    Har xizmatga tayyorman.

     

    Uyimizning qoʻrgʻoni,

    Tinchligimiz posboni.

    Ikkingiz madorimsiz,

    Baxtim-u

    ...
  • Tinchlik

    Bobolardan meros asli bu dunyo,

    Mashriqdan chiqqan shams magʻribga botar.

    Yuz yoshga yetganlar yuz bora aytar:

    Quvonch va shodliklar dilning boyligi,

    Tinchlikka yetmaydi dunyo boyligi.

     

    Dehqon zamin bilan tillashmoq uchun,

    Bogʻbon niholini gullatmoq uchun,

    Bolam oʻssin desang bagʻringda butun –

    Tinchlik imkonlarning

    ...
  • Onajon

    Koʻzingizda mehr bor,

    Soʻzingizda sehr bor.

    Doimo kulib turing,

    Taʼzim sizga, onajon.

     

    Bagʻringizni ochasiz,

    Mehringizni sochasiz.

    Oftob misol yuzingiz,

    Boldek shirin soʻzingiz.

     

    Azizbek MUSTAFOQULOV,

    Samarqand shahridagi 64-maktabning 5-sinf oʻquvchisi

  • Uxlamaysizmi?

    Soatim oʻn birdan oshib ham boʻldi,

    Men rosa charchadim, charchamadingmi?

    Bugungi kunimdan koʻnglim xoʻp toʻldi.

    Dilda hayajon bor,

    Uxlamaymizmi?

     

    Yulduzlar chiqqan-u, oy koʻrinmadi,

    Itlarning ovozi hali tinmadi.

    Nimaga koʻzimga uyqu inmadi,

    Ertaga ishim koʻp,

    Uxlamaymizmi?

     

    Hayot

    ...
  • Koʻklamim

    Sen qalblarga tuydirib ifor,

    Dala-qirni bezab betakror,

    Yana taxtga oʻtirding takror,

    Quvonchginam koʻklamim, bahor.

     

    Qor tagida undirding chechak,

    Sumalakni eritding chak-chak,

    Seni kutib yashadik halak,

    Quvonchginam koʻklamim, bahor.

     

    Atrin sochar yalpiz, ismaloq,

    Qizlar bagʻri

    ...
  • Yoshlar ittifoqi

    Har doim imkonni izlagin, doʻstim,

    Yuksak marralarni koʻzlagin, doʻstim,

    Nima qiynamoqda, soʻzlagin, doʻstim,

    Yoshlar Ittifoqi beradi yordam.

     

    Odil yurtboshimiz bizlarga qanot,

    Shu yurt kelajagi boʻlsin deb obod,

    Biz baxtli yashaymiz doʻstim, umrbod,

    Yoshlar Ittifoqi beradi yordam.

     

    Kun kelib, eng

    ...
  • Odob

    Odob-axloq yuzimiz,

    Oʻylab aytgan soʻzimiz.

    Ildam, odobli bola,

    Goʻyo chiroyli lola.

     

    Qoʻli koʻksida doim,

    Kichiklarga muloyim.

    Keksalarga tirgak u,

    Har dam ogoh, ziyrak u.

     

    Shuhrat HAYITOV,

    Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi

    14-maktabning 9-sinf oʻquvchisi

  • Varrak

    Varrak koʻkda uchadi,

    Kokillarin silkitib.

    Shamollarni quchadi,

    Yurak ketar entikib.

     

    Ona yurtim osmoni

    Varraklarga toʻladi.

    Goʻyo ulkan dengizda

    Saf-saf kema suzadi.

     

    Nozima JOʻRAYEVA,

    Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi

    19-maktabning 4-sinf oʻquvchisi

  • Bobomga munosib boʻlaman

    Jahongir Norboyev Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi 18-maktabning 11-sinf oʻquvchisi. U boshlangʻich sinfda oʻqib yurgan kezlaridayoq matematika faniga qiziqar, oddiy misollardan tortib murakkab masala, mantiqiy amallar, kasr, mahraj, surat kabi atamalar mazmun-mohiyatini ustozlaridan chuqurroq oʻrganishga intilardi. Kasbi matematika oʻqituvchisi boʻlgan Joʻrabek aka oʻgʻlining aqlini

    ...
  • Javondagi javohirlar

    Maktabimiz kutubxonasi oʻquvchilarimizning eng sevimli joyiga aylangan. Chunki undagi barcha adabiyotlar – ularning javondagi javohirlaridir.

    Shayxontohur tumani Xalq taʼlimi boʻlimi darsliklar boʻyicha uslubchisi Ozoda Haydarovaning “Olgʻa, qizlarim” degan tashabbusi ostida oʻquvchilarimizning kitobxonlik madaniyatini oshirish biz kutubxonachilarning eng oliy

    ...
  • Mehr bogʻi

    Bolaligimda har yili bahor faslida otam bogʻimizga koʻchat ekardi. Men esa ularga koʻmaklashardim.

    Bir kuni ulardan soʻradim:

    – Ota, nega bogʻimiz toʻla daraxtlar boʻla turib, yana ekayapsiz. Axir bular qachon hosilga kiradi-yu...

    – Eh, bolam! Bu daraxtlarni otam, bobom, bobomning otasi ekkan. Ularning mevasini yeyish menga, mening bolalarimga nasib qildi. Endi esa sen

    ...
  • Chempion qiz

    Mashgʻulotdan charchab qaytayotgan Durdonani kimdir orqasidan ismini aytib chaqirdi. Oʻgirilib, roʻparasida oʻziga havas bilan qarab turgan 8-9 yoshli qizaloqni koʻrdi.

    – Opa, siz chempionmisiz?

    – Kim aytdi? – jilmaydi Durdona.

    – Televizorda koʻrdim. Kikboksingchi, chempion, deyishdi. Menga ham chempionlikni oʻrgating, – astoydil yalindi qizaloq.

    – Asalim,

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 26-maktabda “Gulxan” jurnalining 90 yilligiga bagʻishlangan “Maʼnaviyat beshigisan, “Gulxan” shiori ostida jurnal ijodkorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari H. Joʻrayeva “Gulxan” jurnalining yoshlar qalbida vatanga muhabbat, qadriyatlarga hurmat, yuksak maʼnaviyatni shakllantirishdagi xizmatlari, tarix

    ...
  • Oʻrmonda Navroʻz

    Bahor kelib, Navroʻzni

    Kutvoldi ahli oʻrmon.

    Ishonmasang kelib koʻr,

    Qizir tomosha chunon.

     

    Tantanani qirol Sher

    Ezgu soʻz bilan ochdi.

    Shoir Bulbul sheʼr oʻqib,

    Maʼno gavharin sochdi.

     

    Soʻng boshlandi bellashuv,

    Qiziq musobaqalar.

    Bayram “askiya”sini

    Avj oldirdi

    ...
  • Zulfiya izdoshlari

    Tugʻilar har dahada,

    Ulgʻayar har vohada.

    Ibratdur har sohada

    Zulfiya izdoshlari.

     

    Tarbiyachi, muallim,

    Yoshlarga berar taʼlim.

    Deydi: – Zarurdir bilim,

    Zulfiya izdoshlari.

     

    Qoʻli yengil shifokor,

    El dardiga u darkor.

    Soʻzi malham, madadkor,

    Zulfiya

    ...
  • Oʻqish kitobi

    Ifodali oʻqish ziynatdir,

    Oʻquvchiga goʻzal xislatdir.

    Oʻqish kimga kelmasa malol,

    Ilm sirin ochar bemalol.

     

    Biz oʻqigan sheʼr-u ertaklar,

    Ezgulikka doim yetaklar.

    Maqollarda bor olam maʼno,

    Biz oʻqiymiz doimo aʼlo.

     

    Oʻquvchining mudom hamrohi,

    Bu sevimli “Oʻqish

    ...
  • Momom

    Momom yurgan yoʻllarga

    Nazar solaman bugun.

    Sochlaridek koʻrindi,

    Oydin yoʻllar oq, uzun.

     

    Baxtli boʻlgin, deydilar,

    Peshonamga bosib lab.

    Talpinaman qoshiga

    Issiq quchogʻi sabab.

     

    Buvim nasihatlari,

    Qulogʻimga zirakdir.

    “Balli”, degan soʻzlari,

    Gʻayratimga

    ...
  • The two dogs

    Once two dogs met. One of them was a tame dog who made his home with men. One was a dog who ran free. The dog who ran free stared at the tame dog and said, “Why is it that you are so plump and I am so thin?”

    “Well”, said the tame dog, “I am plump because the men feed me. I do not have to run all the time to get my food. My job is to keep the home safe when the men are in their beds.

    ...
  • Mothersʼ day poem

    Dear mom Iʼll love you forever

    And forever you will be

    The wonderful mother

    You mean everything to me.

     

    I though of buying you flowers

    In the usual wayʼ

    But I knew you would prefer

    A FOREVER Bouquetʼ

     

    Prepared by: Dilnavoz

  • Nafis sanʼat zahmati

    – Buvim qoʻli gul kashtachi edilar. Birinchi bor qoʻlimga igna olib, qiyqim matolardan qoʻgʻirchogʻimga koʻylakcha tikkanman. Bu ishimni kuzatib turgan buvim: – buni oʻzing tikdingmi? Buncha chiroyli boʻlmasa, oʻzim oʻrgilay chevar nabiramdan, – deya peshonamdan oʻpib qoʻygan. Buvim zargarlikdan ham yaxshigina xabardor edilar. Bir kuni qarasam mayda, rangdor toshchalardan bilakuzukka

    ...
  • “Gulxan” uchrashuvlari

    Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Abdulla Qodiriy nomli Axborot kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 105 yilligiga bagʻishlangan “Zulfiya – sheʼriyatning soʻnmas yulduzi” nomli adabiy kecha boʻlib oʻtdi.

    Kechada mahalla faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi. Axborot kutubxona markazi direktori Nargiza Ibrohimova

    ...
  • Toza havo manbai

    Insoniyat hayoti uchun eng muhim neʼmat atmosfera havosini muhofaza qilish, toza saqlash bugunning muhim muammolaridan biridir. Havoning ifloslanishi inson, oʻsimlik, hayvonot, umuman, jamiki tirik mavjudotlarga zararli taʼsir koʻrsatadi.

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining maʼlumotiga koʻra, dunyoda har oʻn nafar kishidan toʻqqiztasi ifloslangan havodan nafas olyapti. Yer yuzining 91

    ...
  • Navroʻz taronasi

    Yakkaxon:Koʻkda quyosh gulxan yoqdi,

    Soylar yana toʻlib oqdi.

    Chiqib xazon koʻrpasidan,

    Boychechaklar kulib boqdi.

     

    Xor:Koʻngillarga yorugʻ tushdi,

    Shudgorlarga urugʻ tushdi.

    Urugʻlarga jon bagʻishlab,

    Yomgʻirlar ham qutlugʻ

    ...
  • Qoʻrqamiz, boʻsh kelmaymiz

    Xabaringiz bor, bugungi kunda dunyoning ayrim mamlakatlari aholisi Xitoyda tarqalgan koronavirus kasalligidan aziyat chekmoqda. Hududi tobora kengayib borayotgan bu kasallikning alomatlari nimalarda namoyon boʻladi? Undan qanday himoyalanish mumkin? Quyida shular haqida maʼlumot beramiz.

    Shamollaganingizda tumov va balgʻam koʻchishi kuzatilsa, siz koronavirus bilan ogʻrimagansiz.

    ...
  • “Obihayot” boshqotirmasi

    CHAYNKROSSVORD 1. Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan oqib oʻtuvchi daryo. 2. Ladoga koʻlidan boshlanuvchi daryo. 3. Sersuvligi va havzasi maydoniga koʻra dunyoda birinchi oʻrinda turuvchi daryo. 4.Atlantika okeani havzasiga mansub dengiz. 5. Turkiyadagi koʻl. 6. Avstraliyadagi

    ...
  • Ozod Sharafiddinov

    Adabiyotshunos olim, adabiy tanqidchi O. Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturada oʻqidi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955).

    Ozod Sharafiddinovning ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari “Zamon. Qalb. Poeziya” (1962) asarida

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.