Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Uxlamaysizmi?

Soatim oʻn birdan oshib ham boʻldi,

Men rosa charchadim, charchamadingmi?

Bugungi kunimdan koʻnglim xoʻp toʻldi.

Dilda hayajon bor,

Uxlamaymizmi?

 

Yulduzlar chiqqan-u, oy koʻrinmadi,

Itlarning ovozi hali tinmadi.

Nimaga koʻzimga uyqu inmadi,

Ertaga ishim koʻp,

Uxlamaymizmi?

 

Hayot toʻxtamaydi olamda bilsang,

Uyqu qochadi-da kechasi yursang,

Rohatlanasanmi ustimdan kulsang?

Ey yurak, boʻldi-da,

Uxlamaymizmi?

 

Ibrohimbek BAHODIROV,

Samarqand viloyati Qoʻshrobot tumanidagi

85-maktabning 9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.