Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Koʻklamim

Sen qalblarga tuydirib ifor,

Dala-qirni bezab betakror,

Yana taxtga oʻtirding takror,

Quvonchginam koʻklamim, bahor.

 

Qor tagida undirding chechak,

Sumalakni eritding chak-chak,

Seni kutib yashadik halak,

Quvonchginam koʻklamim, bahor.

 

Atrin sochar yalpiz, ismaloq,

Qizlar bagʻri lolaqizgʻaldoq,

Daraxtlarni gullatding oppoq,

Quvonchginam koʻklamim, bahor.

 

Koʻk bagʻrida bulut yo quyosh,

Baʼzan toʻkib turar osmon yosh,

Erib ketar qor berolmay dosh,

Quvonchginam koʻklamim, bahor.

 

Diyora BAXTIYOROVA,

Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi

27-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.