Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yoshlar ittifoqi

Har doim imkonni izlagin, doʻstim,

Yuksak marralarni koʻzlagin, doʻstim,

Nima qiynamoqda, soʻzlagin, doʻstim,

Yoshlar Ittifoqi beradi yordam.

 

Odil yurtboshimiz bizlarga qanot,

Shu yurt kelajagi boʻlsin deb obod,

Biz baxtli yashaymiz doʻstim, umrbod,

Yoshlar Ittifoqi beradi yordam.

 

Kun kelib, eng baxtli inson boʻlamiz,

Safimiz kengayib, jahon boʻlamiz,

Shu yurt baxti uchun qalqon boʻlamiz,

Yoshlar Ittifoqi beradi yordam.

 

Sevinchxon SAHOBIDDINOVA,

Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi

14-maktabning 10-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.