Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Talqin...

Men sheʼrman...

Dardi pishib-pishib, kechroq tugʻilgan,

Katta davralarda oʻqilmagan sheʼr.

Oʻqilmasimdanoq yoqqanding pinhon

Yonganimda unsiz yondi ona yer.

 

Kulim sovumasdan

Sochganding, ey voh,

Toshlarga urilib, boʻlsin deb ado.

Va lekin roʻy berdi sen kutmagan hol,

Minglab yuraklarda berdim men sado.

Farogʻat Xudoyqulova

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.