Tanishing: gʻoliblar
Dono va zukko bolajonlar. Jurnalning 2019-yilning 1-sonida eʼlon qilingan “Yosh jurnalist” tanlovi gʻoliblarini sabrsizlik bilan kutayotgan edingiz-a?! Mana nihoyat, oʻsha hayajonli damlar ham yetib keldi. Tanlovga yil davomida ijodkor, izlanuvchan jurnalxonlarimiz 200 ga yaqin ijodiy ish yuborishdi. Tahririyat aʼzolari har bir maktubni diqqat bilan oʻqib chiqishdi. Maktub egalarining jamiyatdagi voqea-hodisalarga befarq emasligi, ona tabiatimizni asrab-avaylash, musaffoligini taʼminlashni oʻzlarining ham masʼul vazifasi deb bilishlari, badiiy adabiyotga boʻlgan muhabbatlari dilimizga yorugʻlik berdi. Insholarni saralab, yil davomida jurnal sahifalarida eʼlon qilib bordik. Biroq oʻquvchilarimizning kelajak haqida oʻylashga unchalik shoshilmayotganlaridan toʻgʻrisi, biroz ranjidik. Chunki tanlovning bu shartiga bor-yoʻgʻi 6 ta maktub keldi-da. Ulardan atigi bir donasi hayʼat aʼzolariga manzur boʻldi. Afsuski, ushbu mavzuda 2-3-oʻringa maʼqul insho topilmadi. Quyida tanlovning talabchan hayʼat aʼzolari gʻolib deb topgan oʻquvchilar bilan tanishasiz.
“Doʻstingizga aylangan asar” mavzusi boʻyicha:
1-oʻrin – Munisa Bahodirova, Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 236-maktabning 7-sinf oʻquvchisi.
2-oʻrin – Sevinch Sanaqulova, Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 221-maktabning 7-sinf oʻquvchisi.
3-oʻrin – Saidaziz Samadov – Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 313-maktabning 7-sinf oʻquvchisi.
“Tabiatning bir boʻlagimiz” mavzusi boʻyicha:
1-oʻrin – Kumushoy Tolibova, Buxoro tumanidagi 23-maktabning 5-sinf oʻquvchisi.
2-oʻrin – Manzura Pattayeva, Jizzax viloyati, Zomin tumani 34-maktabning 8-sinf oʻquvchisi.
“Kelajak – mening tasavvurimda” mavzusi boʻyicha:
1-oʻrin – Shahrizoda Sanaqulova, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 221-maktabning 11-sinf oʻquvchisi.
Gʻoliblarimizga sovgʻalar tantanali ravishda topshiriladi. Biz gʻoliblarimizni chin dildan tabriklaymiz. Ularning oʻqish va ijodlariga omad tilar ekanmiz, bundan keyin ham hamkorligimiz davom etishiga ishonamiz.