Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Besh tashabbus – besh imkon

Sirdaryo tumanidagi 40-maktabda Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbusning barcha yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etilgan. Bu toʻgaraklar sportchi, ijodkor, sanʼatsevar oʻquvchilarimizning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida katta imkoniyat yaratmoqda. Ular turli tanlov va bellashuvlarda tuman, viloyatlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Shahnoza Azimova boshqarayotgan musiqa toʻgaragi aʼzosi, 8-”A” sinf oʻquvchisi Halima Rahimova “Kamalak yulduzlari” bellashuvida milliy cholgʻu asboblarida dilrabo kuylar ijro etib viloyatda 1-oʻrinni egalladi. Biz sozanda qizimizga bellashuvning respublika bosqichida ham omad tilab qolamiz.

Nazokat ATAQULOVA,

Sirdaryo tumanidagi 40-maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.