Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gulshoda

Yana bahor keldi bizni sogʻinib,

Oylar sanab kutdik, gulga sigʻinib.

Har chechak oʻzgacha kuylaydi bayot,

Yana goʻzallikdan yashardi hayot.

 

Har gulning oʻz chiroyi, ruxsori bor,

Har gulning mushki anbar, ifori bor.

Gulsiz makon latofatga begona,

Gullar asli ayollarga dugona.

Gulchehra Joʻrayeva

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.