Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Navroʻz taronasi

Yakkaxon: Koʻkda quyosh gulxan yoqdi,

Soylar yana toʻlib oqdi.

Chiqib xazon koʻrpasidan,

Boychechaklar kulib boqdi.

 

Xor: Koʻngillarga yorugʻ tushdi,

Shudgorlarga urugʻ tushdi.

Urugʻlarga jon bagʻishlab,

Yomgʻirlar ham qutlugʻ tushdi.

 

NAQORAT:

Xor: Navroʻz, Navroʻz, Navroʻz!

Tabiatga zardoʻz.

Bahor dala-dashtda

Tikar goʻzal kashta.

Yakkaxon: Qushlar yayrar butoqlarda,

Qoʻy-qoʻzilar oʻtloqlarda.

Elning rizq-u nasibasi

Tomir otar tuproqlarda.

 

Xor: Nurga toʻlsin hayotimiz,

Guldek kulsin hayotimiz.

Qand-u asal, sumalakdek

Shirin boʻlsin hayotimiz.

 

NAQORAT:

Xor: Navroʻz, Navroʻz, Navroʻz!

Tabiatga zardoʻz.

Bahor dala-dashtda

Tikar goʻzal kashta.

Anvar Obidjon

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.