Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Iqbolim

Suyanganim, buvijon,

Baxtimga boʻling omon.

Boʻlay madadkoringiz,

Koʻz nuri, madoringiz.

 

Tayanganim, bobojon,

Gʻam yemangiz hech qachon.

Yoningizda men borman,

Har xizmatga tayyorman.

 

Uyimizning qoʻrgʻoni,

Tinchligimiz posboni.

Ikkingiz madorimsiz,

Baxtim-u iqbolimsiz.

 

Dilshoda SARVAROVA,

Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanidagi

25-maktabning 11-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.