Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tinchlik

Bobolardan meros asli bu dunyo,

Mashriqdan chiqqan shams magʻribga botar.

Yuz yoshga yetganlar yuz bora aytar:

Quvonch va shodliklar dilning boyligi,

Tinchlikka yetmaydi dunyo boyligi.

 

Dehqon zamin bilan tillashmoq uchun,

Bogʻbon niholini gullatmoq uchun,

Bolam oʻssin desang bagʻringda butun –

Tinchlik imkonlarning eng chiroyligi,

Tinchlikka yetmaydi dunyo boyligi.

 

Jasmina ALIMOVA,

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 34-maktabning 9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.