Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Boʻynoq

Itim bor nomi Boʻynoq,

Vafodor uyimizga.

Rostdan ham boʻyni oppoq,

Posbondir tunimizga.

 

Hovlimizga begona

Itlarni yoʻlatmaydi.

Kunduzi ham taltayib,

Salqin joyda yotmaydi.

 

Joʻjalarni qoʻriqlar,

Ayyor qora mushukdan.

U bilan doʻstlashganmiz

Bilsangiz, biz yoshlikdan.

 

Madina ERGASHEVA,

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi

25-maktabning 11-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.