Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qoʻrqamiz, boʻsh kelmaymiz

Xabaringiz bor, bugungi kunda dunyoning ayrim mamlakatlari aholisi Xitoyda tarqalgan koronavirus kasalligidan aziyat chekmoqda. Hududi tobora kengayib borayotgan bu kasallikning alomatlari nimalarda namoyon boʻladi? Undan qanday himoyalanish mumkin? Quyida shular haqida maʼlumot beramiz.

Shamollaganingizda tumov va balgʻam koʻchishi kuzatilsa, siz koronavirus bilan ogʻrimagansiz. Koronavirus pnevmoniyasiga chalinganlarda tumovsiz quruq yoʻtal kuzatiladi. Bu koronavirusni aniqlashning eng oson usuli. Koronavirus issiqlikka chidamsiz boʻlib, 26-27 darajada halok boʻladi. Shuning uchun tez-tez issiq choy yoki suv iching. Koʻproq quyosh nuri ostida boʻling.

Koronavirus boʻyicha shifokor maslahatlari:

Virus hujayrasining hajmi katta boʻlib (400-500nm), oddiy dorixona niqobi ham sizni undan himoya qila oladi. Chunki oldingizda koronavirus bilan xastalangan odam aksirsa yoki 3 metr uzoqlikda oʻtib ketsa ham niqob virusni sizga yuqtirmaydi. Koronavirus hujayralari havoda uchmaydi. Koronavirus metall buyumlar ustida kamida 12 soat yashaydi. Shuning uchun metall buyumlarga qoʻl tekkizgan boʻlsangiz, qoʻlingizni yaxshilab sovunlab yuving. Koronavirus matolarda 6-12 kun saqlanib turadi. Oddiy kir yuvish kukuni ham virusni halok etadi. Qishki kiyimlarni virusdan xalos etish uchun quyoshda quritish kifoya qiladi.

Koronavirusning alomatlari:

Anginada kuzatiladiganga oʻxshagan tomoq qurishi 3-4 kun davom etadi. Soʻng virus burun ichidagi suyuqlikka qoʻshilib, traxeya va oʻpkaga oʻtib, oʻpka shamollashiga olib keladi. Bu jarayon 5-6 kun davom etishi mumkin. Koronavirus pnevmoniyasida harorat koʻtariladi, nafas olish qiyinlashadi. Burun bitish gʻayrioddiy boʻlib, xuddi suvda choʻkayotganday dimiqtiradi. Shunday alomatlar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

Koronavirusning oldini olish:

Koronavirus, aksariyat hollarda, kasal boʻlgan odamlar bilan muomala qilinganda, qoʻl berib soʻrashganda yuqadi. Ana shunday paytda darhol qoʻlingizni sovunlab yuving. Chunki virus qoʻl terisida 5-10 daqiqa yashaydi. Lekin shu vaqt ichida qoʻlingizni koʻzingiz yoki burningizga tekkizishingiz mumkin. Tomogʻingizni antiseptik vositalar bilan chayib turushni ham unutmang. Imkon qadar hushyor va ehtiyotkor boʻling. Koʻproq choy yoki qaynagan suv iching. Muhimi, ozodalikka eʼtibor bering. Ayniqsa, aholi zich boʻlgan joylarda yurganingizda ogʻiz va burunga tutadigan niqoblardan foydalaning.

Pul muomalasi ham turli yuqumli kasalliklarni qoʻldan-qoʻlga oʻtishiga sabab boʻladi. Har bir odam kuniga bir necha marotaba pul ushlaydi. Shuning uchun qoʻllarni tez-tez sovunlab yuvib turish kerak.

 

Dilafroʻz ZAYNIYEVA tayyorladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.