– Buvijon, hali hammayoq yorug‘ ekan-ku, men negadir allaqachon kech kirib, qorong‘i bo‘lgan deb o‘ylabman, – dedi ichkaridan chiqib kelgan Jasur ko‘zlarini ishqalab.
– Iye, bolam, sen uydamiding, nima qilding shu paytgacha, – Mukarram aya nabirasiga tashvishli qaradi. – Ranging ham oqarib ketibdi. Choy-poy ichganmisan ishqilib?
– Nonushtadan keyin kirdim-ku. Kecha dadam yangi
...