Tanaga temir kerak
Temir moddasi yetishmaydigan bolalar rangpar boʻladi, hid va taʼm bilish qobiliyati buziladi, sust fikrlaydi. Tez-tez shamollaydi. Bu belgilar tanaga kislorod yetishmasligidan kelib chiqadi. Chunki temir miyaga kislorodni yetkazib beruvchi asosiy tashuvchidir.
Goʻsht, jigar, grechixa, bugʻdoy, dukkakli mahsulotlar tarkibida temir moddasi koʻp boʻladi. Xoʻsh, nega temir tanqisligi kelib chiqadi? Gap shundaki, temir moddasi organizmga singishi uchun qulay sharoit zarur. Masalan, goʻshtni kalsiy va fosforga boy sut mahsulotlari, yogʻ, choy, kakao bilan aralashtirmay isteʼmol qilishingiz kerak. Chunki meʼyoridan oshgan fosfor, kalsiy, tanin temir soʻrilishiga toʻsqinlik qiladi.
Quruq mevalar, yongʻoq, mayiz, xurmo, oʻrmon yongʻogʻi tarkibidagi temir esa vitamin C bilan birga yeyilganda juda yaxshi hazm boʻladi. Qisqasi, ovqat hazm qilish tizimingiz yaxshi ishlashi uchun nima tanovul qilayotganingizga eʼtibor berishingiz lozim.