Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shifobaxsh sharbatlar

Bolajonlar, meva va sabzavotlar foydali elementlarga qanchalik boy boʻlsa, ularning sharbatlari ham vitaminlarning koni hisoblanadi. Ayniqsa, ularni nahorda ichsangiz, darmondorilar ichaklarda oson soʻriladi.

Uzum sharbati – kamqonlik, oʻpka kasalliklari, kam quvvatlikni davolashda va oʻt qopidagi toshlarni tushirishda yordam beradi.

 

Olma sharbati – tarkibida suyaklarni mustahkamlovchi moddalar mavjud. Shuning uchun ham uni koʻproq ichishingiz kerak.

 

Sabzi sharbati – koʻz nurini ravshanlashtiradi. Teri, nafas yoʻli va ovqat hazm qilish tizimidagi shilliq pardalarni tozalaydi. Ammo, jigari xasta bemorlarga sabzi sharbatini meʼyordan ortiq ichish tavsiya etilmaydi.

 

Lavlagi sharbati – yoshartiruvchi xususiyatga ega. Oʻsimtalarning rivojlanishini toʻxtatib qola oladi. Lavlagi sharbati juda taxir boʻlgani uchun uni karam, olma yoki sabzi sharbati bilan aralashtirib ichgan maʼqul.

 

Limon sharbati – tanadan zaharlarni chiqarib tashlaydi, gʻayratni oshiradi va jigarni tozalaydi.

 

Karam sharbati – allergiyaga qarshi vosita. Baʼzan apelsin yoki mandarin yegandan soʻng paydo boʻladigan turli toshmalarni yoʻqotadi. Agar kichik yoshdagi bolalarga ertalab och qoringa bir osh qoshiq karam sharbati ichirilsa, har qanday diatezning tez orada yoʻqolishiga guvoh boʻlasiz.

 

Apelsin sharbati – “C” vitamini yetishmaganda, koʻz xiralashganda, radioaktiv nurlanish oshganda ichiladi.

 

Kartoshka sharbati – bosh ogʻrigʻi, jigʻildon qaynashiga shifo boʻladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.