Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Zulfiya izdoshlari

Tugʻilar har dahada,

Ulgʻayar har vohada.

Ibratdur har sohada

Zulfiya izdoshlari.

 

Tarbiyachi, muallim,

Yoshlarga berar taʼlim.

Deydi: – Zarurdir bilim,

Zulfiya izdoshlari.

 

Qoʻli yengil shifokor,

El dardiga u darkor.

Soʻzi malham, madadkor,

Zulfiya izdoshlari.

 

Muhabbat oftobida,

Or-nomus kitobida,

Oʻrnak hayo bobida

Zulfiya izdoshlari.

 

Tutgay sadoqat qoʻlin,

Bosgay saodat yoʻlin.

Gul qilgay koʻngil uyin

Zulfiya izdoshlari.

 

Oʻtkir DAMINOV,

Qashqadaryo viloyati

Muborak tumanidagi

33-maktab oʻqituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.