“Gulxan” uchrashuvlari
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Abdulla Qodiriy nomli Axborot kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 105 yilligiga bagʻishlangan “Zulfiya – sheʼriyatning soʻnmas yulduzi” nomli adabiy kecha boʻlib oʻtdi.
Kechada mahalla faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi. Axborot kutubxona markazi direktori Nargiza Ibrohimova adabiy kechani ochib, bahor, Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yigʻilganlarni muborakbod etdi. Kutubxona xodimlari shoira hayoti va ijodi haqida qiziqarli maʼlumotlarni aytib berishdi. Maktab oʻquvchilari shoira sheʼrlari va qoʻshiqlaridan ijro etishdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Gulxan” jurnali masʼul kotibi Muhabbat Hamidova Zulfiyaning Oʻzbekiston xotin-qizlari jurnali “Saodat”ga Bosh muharrirlik qilgan chogʻlari, uning rahbarlik va insoniy fazilatlari haqidagi xotiralarini gapirib berdi.
Sh. SANAQULOVA