Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Umidlarni undirib

Bahorning oxirgi kunlari...

Bitiruvchilar yuragida hayajon. Axir qancha yillar bagʻrida ulgʻaytirgan jonajon maktabni tashlab ketish osonmi?!

Mana bugun oʻzim ham bitiruvchiman...

Koʻz oldimdan bolaligim bir-bir oʻtmoqda. Birinchi sheʼrim, birinchi hikoyam va birinchi ustozim. Hatto, mening jajji portfelim va unga havas bilan tikilgan dugonalarim ham esimda. Kimning ham shu paytlarga qaytgisi kelmaydi deysiz?! Sinfdoshlar bora-bora qarindoshlarga aylanisharkan. Maktab boshqa olam, oʻzgacha hayot.

Bitiruvchilarning koʻz oʻngida bir zumda barchasi gavdalanadi.

Xayr, maktabim!

Biz endi hayot maktabiga qadam qoʻymoqdamiz. Sendan oʻrganganlarimiz endi bizga hayot davomida esh boʻladi. Biz endi shahdam qadamlar bilan jahonni zabt etamiz. Sening farzandlaring olamshumul kashfiyotlar, betakror asarlar yaratadi. Sening bolalaring aql-idroki ila dunyoni lol qoldiradi.

Soʻnggi qoʻngʻiroq orzular soʻngani emas, umidlar unganidir. Soʻnggi qoʻngʻiroq – porloq kelajakka chorlovdir!

Barnoxon Rajabova

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani

26-maktabning 11-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.