Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” bilimdoni

1. Ne qushdururki, uchar uch qanot bila, lekin

Agar qoʻnar ham, ochiqdur qanotlari bori,

 

Qanoti saridur ogʻzi valek doim ochuq,

Bu turfaroqki, boʻlur quyrugʻida minqori.

 

Erur aning kebi tuz koʻngli oshyonida oʻq,

Sipehr jaʼbasidin istasang namudori.

Hazrat Alisher Navoiyning ushbu chistoni nima haqida?

2. Bir davlatning ikkinchi bir davlatga yoʻllagan rasmiy murojaatnomasi qaysi musiqiy termin nomi bilan bir xil?

3. Berner Varber qahramoni tayyor soʻzlarni, masalan ibora va aforizmlarni yoqtirmas ekan. Bunday soʻzlarni muzlatilgan fikrlar va tez hazm boʻladigan intellektual ULARga oʻxshatadi. Ular nima?

 

4. Behbudiy shogirdi yozganlaridan: “Bir kuni bozorga chiqsam, kimnidur X deb baqirgani eshitildi. Shu payt taqur-tuqur, shaqur-shuqur doʻkonlar yopildi. Xalq har tarafga mushukni koʻrgan sichqondek qocha boshladi. Salla-jomasini oʻgʻirlatgan, noskadusini yoʻqotgan, kavushini yirtganlarni soni kop edi. Hatto gadoylar qoʻrqib qochdilar.” Savol, X-?

 

5. Oʻrta asrlarda bir guruh ustalar mashhur kishilarning tashqi koʻrinishini haykal sifatida yasashar edi. Diqqat savol: Savolda kichraytirish qoʻshimchasini tashlab ketganimni inobatga olib, bu ustalar qanday mahsulot sotishini ayting!

 

6. Rus yozuvchilaridan biri oʻz asarida ULARGA “Yuruvchi gazetalar” deb taʼrif bergan. Diqqat savol: Kimlarga?

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.