“Gulxan” bilimdoni
1-savol: Yaqin-yaqindan boshlab, Hindistonda ushbu moslamaga avtomatik ishlaydigan kichik musiqali mexanizm oʻrnatilà boshlandi. Bu mexanizmda faqat bitta musiqa, yaʼni anʼanaviy dafn marshi yangraydi. Diqqat savol, faqat dafn marshini chaladigan kichik mexanizm nimaga oʻrnatilmoqda?
2-savol: Xitoy rivoyatiga koʻra, bir kuni xon oʻz saroyidagi rassomga savol beribdi:
– Ayt-chi, qaysi birining rasmini chizish osonroq: kuchukningmi yoki shaytonning?
Rassom “Shaytonning” deb javob beribdi. Ayting-chi, rassom nega aynan bunday javob bergan?
3-savol: Dunyoda juda ham antiqa qonunlar koʻp. Ayniqsa, bu borada AQSH yetakchilik qiladi. Shunday antiqa qonunlardan birini eshiting. Kaliforniya shtatida uyiga qopqon qoʻymoqchi boʻlganlar, albatta, bir hujjatga ega boʻlishlari shart ekan. Diqqat savol, bu qanday hujjat?
4-savol: Apachi hindulari Shimoliy Amerikadagi eng magʻrur va dimogʻdor qabila boʻlishgan va yengilmas jangchi ekanliklari bilan dong taratishgan. Aytishlaricha, bir safar oq tanli kishi apachi hindusidan “Hahotki apachini magʻlub etadigan inson boʻlmasa?”, deb soʻraydi. Hindu uzoq oʻylanib turib, javob beradi: “Bor. Bu –...” U kimni aytgan?