Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

Oʻquvchilar tasviriy sanʼat darsida suhbatlashyapti:

– Ofarin. Rasmni chiroyli chizibsan. Ishtaham ochilib ketdi.

– Ishtaham ochilib ketdi deyapsanmi? Quyoshning rasmigami?

– Bu quyoshmi? Men qovurilgan tuxum rasmi deb oʻylabman.

 

– Toʻrayev, qani ayt-chi, suvda nimalar erimaydi?

– Baliqlar!

 

Biologiya darsida:

– Umrboyev, skelet nima uchun kerak?

– Teri tushib qolmasligi uchun, ustoz.

 

Oʻqituvchi:

– Qattiq narsa kilogramm bilan, suyuq narsa litr bilan oʻlchanadi. Masofa nima bilan oʻlchanadi?

Oʻquvchi:

– Chizgʻich bilan!

 

Adabiyot darsi. Oʻquvchilar insho yozyapti.

Oʻqituvchi:

– Hasanov, sen nega Gulsunning daftariga qayta-qayta tikilyapsan?

– Yozuviga tushunmayapman!

 

Ota-bola baliq ovlashga bordi. Ota bolasiga dedi:

– Oʻgʻlim, menga nonni uzat.

– Dada, nonni yeb qoʻydim.

– Mayli unda, ovqatni ber.

– Ovqatniyam yeb qoʻydim.

– Unday boʻlsa, chuvalchanglarni ham yeb qoʻyaqol, uyga qaytamiz.

 

Qozoq tilidan Nodirbek YOʻLDOSHEV tarjimasi.

Jizzax viloyati Zomin tumani 36-maktab oʻqituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.