Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

***

– O‘qituvchi Begzodni doskaga chaqirdi.

U indamay turaverdi.

– Seni eshityapman, – dedi o‘qituvchi.

– Qanday qilib, axir men gapirmayapman-ku, – ajablandi Begzod.

***

O‘qituvchi so‘radi:

– Bolalar, qaysi qush in qurmaydi.

Bolalar:

– Kakku.

– Nega?

– Chunki u soat ichida yashaydi-da.

***

Matematika darsida o‘qituvchi o‘quvchilarga e’lon qildi:

– Kim birinchi bo‘lib doskaga chiqsa, bahosini bir bal oshirib qo‘yaman.

– Farida Odilovna, men orqa partadan chopib chiqyapman. Menga uch baho qo‘yavering, – dedi Dilshod o‘rnidan sakrab turarkan.

***

O‘qituvchi:

– Ismoilov, nima sababdan juda mayda yozayapsan?

O‘quvchi:

– Xatolarim unchalik bilinmasligi uchun.

***

Umidjon o‘qishdan kela solib dedi:

– Oyijon, bugun bizni maktabda do‘xtir opa tekshirdi.

– Nimani tekshirdi.

– Nafas olayapmizmi, yoqmi?

***

Baxtiyor maktabdan kelgach ota-onasiga dedi:

– Sinf rahbarimizga nimangiz yoqib qoldi bilmadim-u, lekin sizlarni yana ko‘rmoqchi.

 

To‘plovchi: Husnobod

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.