“Gulxan”da xanda
Ota: – Barakalla, o‘g‘lim. Zoologiyadan qanday qilib “besh” baho olding?
O‘g‘il: – Ustozimiz “Tuyaqushning nechta oyog‘i bor”, deb so‘radi. Men “uchta”, deb javob berdim.
Ota: – Axir tuyaqushda oyoq ikkita bo‘ladi-ku?
O‘g‘il: – To‘g‘ri, lekin qolganlar, to‘rtta, deb javob berishdi-da. Eng yaqin javob meniki bo‘ldi.
* * *
Men ikki narsani juda muhim deb hisobladim, – dedi o‘qituvchi birinchi sinf o‘quvchilariga, – birinchisi – tozalik. Hamma eshik oldidagi gilamchaga poyabzalini artib kirdimi?
– Albatta, – deb qichqirdi bolalar bir ovozdan.
– Yaxshi. Ikkinchisi – bu rostgo‘ylik. Eshik oldida hech qanaqa gilamcha yo‘q!
To‘plovchi MIRJALOL