Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil 3-son

  • Bizning bahor

    Bahor doim bahor-da,

    Kimligini bildirar.

    Qotib yotgan toshdan ham

    Gul-chechaklar undirar.

    Qir-adirga loladan

    To‘shar alvon poyandoz.

    Hatto jarlik, daraga

    Gul taqib berar pardoz.

    Haydab kelar cho‘ponday

    Turfa qushlar “poda”sin.

    Tizar simga marjonday

    Qaldirg‘ochlar shodasin.

    Sayratvorar qish

    ...
  • Bir dona chinnigul

    8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni erta tongdan hovliga chiqib bahor nafasi kelib turgan toza havodan to‘yib-to‘yib sipqordim. So‘ng atrofni kuzatdim. Bahoriy gullarimning deyarli barchasi endigina quloq chiqarib yashnab turibdi, lekin hali g‘uncha ochmagan. Nonushtadan so‘ng bayram kayfiyati bilan yangi ochilgan gul ko‘chatlaridan olib kelish uchun gul bozoriga yo‘l oldim. Beruniy dahasidan

    ...
  • Hayot guli o‘zingsan

    Ayol qo‘lidagi gul yosh boladek qiqirlab turadi

     

    Quyosh kun sayin ko‘k toqiga o‘rlay boshladimi, demak, bahor kelyapti...

    Quruq novdali daraxtlarning g‘uvillak shivirlari eshitilyaptimi, demak, tabiat uyg‘onyapti...

    Qoqio‘tlarning sehrli kulgulariga boychechag-u chuchmomalar javob qaytaryaptimi,

    ...
  • Kashtalardan rang olgan orzu

    O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilovani tanimagan, bilmagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. U sizga Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani asosida ishlangan film qahramoni Kumushbibi obrazi orqali yaxshi tanish. Gulchehra Jamilovaning maftunkor chehrasi, turli kinofilm va teatr sahnasida ijro etgan bir-biridan ajoyib rollari, multfilm qahramonlarini (Qizcha va

    ...
  • Intizom ildizlari

    Finlandiya maktablari jahon ta’lim tizimi reytingida yetakchilik qiladi. Sayyoramizda eng ko‘p kitob mutolaa qiluvchilar ham fin bolalaridir. U yerda bir fan ziyoniga ikkinchi fan chuqurlashtirib o‘tilmas ekan. Masalan, tasviriy san’at yoki musiqa xuddi matematika singari kerakli va muhim fan hisoblanadi. O‘quvchilarning tarbiyasi va bilimi havas qilgudek. Olmon maktablarida esa yo‘qlama

    ...
  • Onalar madhiga doston tugamaydi

    Onam deganimda oqsoch, jafokash,

    Munis va mehribon chehrang namoyon.

    Sen axir bag‘ringda parvarish qilib,

    Ko‘zimga baxsh etding ko‘zgudek jahon.

     

    G‘afur G‘ULOM


     

     

    Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing,

    Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham

    ...
  • Mushoira etadi davom

    Yorug‘ tonglar

     

    Har tong derazamning qanotin ochib,

    Bir olam muhabbat bilan qarayman.

    Va dildan talpinib, hayqirib, toshib,

    Bahor keldimi, deb shoshib so‘rayman.

    Mana, ko‘kda qator varraklar ila

    Qo‘shilib kezmoqda mehr va sog‘inch.

    O‘rik ham bejirim ko‘ylaklariga

    Yana taqib oldi oppoq

    ...
  • Bu go‘zal olamda

    She’riyat olami – go‘zal olam. Jurnalxonlarimiz orasida bu olamning eshigidan hayajon bilan mo‘ralayotgan, umid bilan qo‘liga qalam olgan havasmand bolalar juda ko‘p. Ular tahririyatga tez-tez xat yozib, she’riy mashqlarini yuborib turishadi. Ushbu sahifada O‘zbekiston xalq shoiri Oydin HojiyevaningTo‘rt tanhokitobida o‘z ustozi, she’riyatimiz malikasi Zulfiyaxonim

    ...
  • Bahorni yetaklab kelgan shoiram

    O‘lkamizga go‘zal bahor kirib kelib, dilimizni ravshan qilgan 1-mart kuni o‘zbek adabiyotida chiroyli bayram bo‘ladi.

    Shu kuni barcha she’riyat, adabiyot shaydolari xalqimizning suyukli ijodkori, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tug‘ilgan kunni tantanali nishonlaydi.

    Ana shunday tadbir bizning maktabimizda ham bo‘lib o‘tdi. “Vafo va sadoqat kuychisi” deb nomlangan adabiy

    ...
  • Kitob o‘qib, mashina oldim

    Mohinisoning onasi Aziza opa ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. Bolalikdan kitobga mehr qo‘ygani uchunmi, kitob javonini o‘zbek va jahon adiblarining asarlari bilan boyitadi. Farzandlari, shogirdlarini kitob o‘qishga qiziqishini orttirish uchun “Kim ko‘p kitob o‘qidi”, “Men sevgan asar” kabi turli tanlovlar o‘tkazadi. G‘oliblarni sevimli adiblarning to‘plamlari bilan taqdirlaydi. Aziza

    ...
  • Endi kitob o‘qiyman

    Yaqinda maktabimizning boshlang‘ich sinflari o‘rtasida “Kitob bilim beradi, bilim baxt keltiradi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar ertak qahramonlari qiyofasida yaxshilik, ezgulikka undovchi ertaklarni ko‘proq o‘qish kerakligini aks ettirishdi. Ayniqsa, “Kitobga mehr oiladan boshlanadi” deb nomlangan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga ma’qul bo‘ldi. O‘quvchilar kitob o‘qib

    ...
  • Yolg‘onning misi

    Aliya SHENGELBAYEVA

     

    Kichkintoy Qosim otasining oldida yana ayb ish qilib, gunohkor bo‘lib qoldi – o‘zi qilgan gunoh ishni boshqa birovga to‘nkab, men emas, deb osongina qutulmoqchi bo‘ldi. Otasi bu gal ham indamadi. Qosimning topgan gapiga ishongan bo‘ldi. Ichida esa...o‘g‘lining ketma-ket yolg‘on gapirayotgani, aldab qutulib

    ...
  • Qo‘yqushoq

    Boysundagi Ketmonchopti tog‘ining sharqiy qismida Qo‘yqushoq deb ataladigan yona bor. Havo ochiq kunda uni Boysun shahri markazidan ham ko‘rish mumkin. Qo‘yqushoq deyilishiga sabab, tog‘ yon bag‘ridagi toshlarga e’tibor berib qaralsa, xuddi bir suruv qo‘y yaylovda o‘tlayotganga o‘xshaydi.

    Qo‘yqushoq haqida xalq orasida turli rivoyatlar yuradi. Emishki, qadimda Ketmonchopti etagidagi

    ...
  • Topishmoqlar

    ***

    Gullari olam-olam,

    Qushlar sayrar shod-xurram.

    Shabboda yengil nahor,

    Eng go‘zal fasl...

     

    ***

    Dikirlab chopar har yon,

    Judayam qo‘rqoq...

     

    ***

    Osmonda ochar chiroy

    Uning ko‘rki go‘zal...

     ***

    Ochilaqol turguncha

    Yashil

    ...
  • Uyg‘onish fasli

    Yomg‘ir dildan g‘uborni yuvib,

    Qahratonni solganday quvib

    Yog‘ar mayin, shitirlab asta,

    Orolanar zamin birpasda.

    Shildiraydi soylarda suvlar,

    Davra qurib, kuylar suluvlar.

    Kurtak yozar, daraxtlar qiyg‘os,

    O‘zlariga berganday pardoz.

    Uchirishar samoda varrak,

    Bulutlar shod chaladi qarsak.

    Samo uzra tovlanib

    ...
  • Go‘zallik naqshi

    Kirib keldi Bahoroy –

    Fasllar kelinchagi.

    Yashnab ketdi birma-bir

    Bog‘larning gul-chechagi.

    Uyg‘onadi boychechak,

    Gullatadi qirlarni.

    Yomg‘ir yog‘ib har sahar,

    Yuvar g‘ubor, kirlarni.

    Yoqar tonggi shabboda,

    Yoqar kapalak raqsi.

    Hamma fasl ham go‘zal,

    Men uchun bahor

    ...
  • Qaldirg‘och kelsa

    Ayvonimga kelsa bir juft qaldirg‘och,

    Beg‘ubor kurtaklar uyqudan tursa...

    Falakka talpinsa mag‘rur qayrag‘och,

    Maysalar olamga salomin bersa...

    Oppoq libosini oftobga yechib,

    Yashil to‘nin kiysa qir-u adirlar.

    Dalalarga qizil qizg‘aldoq sochib,

    Ona yer bahorni shunday qadrlar.

     

    Mohira

    ...
  • Varraklar uchdi

    Bahor kelib do‘stlarim,

    Ko‘m-ko‘k bo‘ldi tevarak.

    Gala qushday osmonda

    Viz-viz uchar ming varrak.

    Mehnatkash bobodehqon

    Yer chopar, urug‘ qadar –

    Bahorning xush ifori

    Dilga yoqar naqadar.

     

    E’zoza O‘RINOVA,

    Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani

    44-maktab 6-sinf

  • Maysalar atri

    Zumradrang chiroyli ko‘ylaging kiyib,

    Maysalar atriday yeldingmi, bahor?!

    Sog‘ingan dillarga go‘zallik solib,

    Bayramni qutlashga keldingmi, bahor?!

    Saloming – boychechak, lolaqizg‘aldoq,

    Nafis iforingdan dillar yashnaydi.

    Sog‘inchidan entikib bu ona tuproq,

    Yo‘lingga baxmaldan gilam

    ...
  • Bahor tongi

    Tong otdi. Bu sahar yorqin, o‘zgacha,

    Quyoshning javdirab chiqishi ayon.

    Qandaydir sirli baxt gul sepganicha,

    Ufurib keladi shamol men tomon.

    Nahotki, tog‘larda qorlar ham xushnud,

    Oqib kelib gulni quchadi asta.

    Ul gulni quchadi, hayot baxsh etib,

    Yangi “dugonasi” chiqar birpasda.

     

    Nafisa

    ...
  • Ona yurtim

    Bahodirlar beshigisan,

    Tamaddunning eshigisan,

    Elning buyuk qo‘shig‘isan,

    Tengsiz makon – ona yurtim.

    Tuproq gardi tilloga teng,

    Cho‘p tushsa shaksiz unar, deng.

    Tanti xalqi – fe’li ham keng,

    Jannatmonand – ona yurtim.

    Quyosh suygan – suyuk-erka,

    Erishgandir buyuk erkka,

    Cho‘qqini zabt etar erta,

    Cheksiz

    ...
  • Tilak

    Bahor nasimlari esgan bir paytda,

    Quyosh jilmayadi, kunlar yoqimli.

    Ismaloq unadi saxiy tuproqda,

    Mart oyi o‘zgacha, go‘yoki sirli.

    Yomg‘irda yuvilgan yo‘llar shukuhli,

    Qizlar yasanishgan taqib jamalak.

    Oftob qizdiradi butun olamni,

    Momolar, bobolar aytadi tilak.

     

    Mahliyo

    ...
  • Qishloq havosi

    Tinch va sokin qishloq oqshomi,

    Ko‘kda jimjimador yulduzlar.

    Kezib, to‘lqinlatib havoni,

    Soy bo‘yiga kelishar qizlar.

    Yiroqdan taralar mungli kuy,

    Bu naymi, yo bulbul navosi.

    Ro‘mollarni tortar daydi yel,

    Qanday yaxshi qishloq havosi.

     

    Sevinchoy SOBIROVA,

    Urganch Turizm va

    ...
  • Mahalla

    Har bir inson tug‘ilganida

    Qalbga mehr soladi alla.

    Shu mehrni abadiy qilgan

    Oddiygina mo‘jaz mahalla.

    Vatandagi kichik vatandir,

    Bayramlarda kuylar baralla.

    Garchi qancha kichik bo‘lsa ham,

    Shuncha bag‘ri kengdir mahalla.

    Mehmondo‘stlik boshlanar undan,

    Noz-ne’matlar to‘kin har palla.

    Odamlarda Vatan

    ...
  • Lolajon

    Har yil bahorni yo‘qlab,

    Qirga chiqar lolalar.

    Yaprog‘ida tovlanib,

    Alvon rangda jolalar.

    Lolaginam, lolajon,

    Senga aytar so‘zim bor.

    Kel, dugona bo‘laylik,

    Uyimiz bo‘lsin bahor.

     

    Aziza OQILOVA,

    Jizzax shahar 23-maktab 7-sinf

  • Shuningdek... (2018-yil 3-son)

    Shuningdek, sahifamizga Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 11-maktab 8-sinf o‘quvchisi Zamira Sanginova,

    Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 26-maktab 8-sinf o‘quvchisi Muhtaramxon Hasanova,

    Buxoro viloyati Shofirkon tumani 19-maktab 5-sinf o‘quvchisi Asadbek Nasriddinov,

    Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 57-maktab

    ...
  • Moziyga muhabbat

    Farangiz atoqli yozuvchi Abdulla Qodiriyning “Moziyga qaytib ish ko‘rmak xayrli deydilar” degan qimmatli o‘gitini o‘ziga shior qilib olgan. Uning o‘qishni o‘rganib olganidan keyin ilk bor mutolaa qilgan kitobi ham tarixiy mavzuda bo‘lgan. Bu o‘zbek adibi Mirkarim Osimning dovyurak cho‘pon – Shiroq haqidagi hikoyasi edi. Yozuvchining tarixiy qissalari uni o‘ziga sehrlab oldi. Sak qabilasining

    ...
  • Navro‘zoyim

    Navro‘zoyim sochin tarar

    Go‘zallikning ayvonida.

    Bahor ko‘rib kulib turar,

    Gul-u chechak, rayhonida.

    Navro‘zoyim sepin yoyar,

    Kelinchakdek o‘lkamizga.

    Shamollari qoqib qo‘yar,

    Omon bo‘l, deb yelkamizga.

    Navro‘zoyim saxiy mezbon,

    Nemat to‘kar dasturxonga.

    Ko‘katlari tanga darmon,

    Xush yoqadi har

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    Ota: – Barakalla, o‘g‘lim. Zoologiyadan qanday qilib “besh” baho olding?

    O‘g‘il: – Ustozimiz “Tuyaqushning nechta oyog‘i bor”, deb so‘radi. Men “uchta”, deb javob berdim.

    Ota: – Axir tuyaqushda oyoq ikkita bo‘ladi-ku?

    O‘g‘il: – To‘g‘ri, lekin qolganlar, to‘rtta, deb javob berishdi-da. Eng yaqin javob meniki

    ...
  • Baraka bug‘doy don

    Qadim zamonda Mittivoy degan bir chumoli bo‘lgan ekan. Uning aka-ukalari juda mehnatsevar ekan. Mittivoy esa aksincha, xayol surishni, to‘yib ovqatlanishni va shirin uyquni juda-juda yaxshi ko‘rarkan. Og‘a-inilari tinimsiz ishlayotganida, Mittivoy birorta o‘simlik tagiga kirib dam olarkan. Kunlardan bir kuni u yam-yashil bargda xuddi belanchakda yotgandek mayin tebranib, onasidan eshitgan

    ...
  • Topqir singil

    Shohrux va Dildora aka-singil. Ular bir oilada ulg‘ayishayotgan bo‘lsa-da, qiziqishlari, fe’l-atvori turlicha. Masalan, Dildora kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi. Shohrux esa buning aksi – o‘yinga berilib, vaqtini bekor o‘tkazadi.

    Bir kuni qog‘ozdan samolyot yasab, u yoq-bu yoqqa “g‘iz-g‘iz” uchirayotgan Shohruxga singlisi tanbeh berdi:

    – Aka, men kitob o‘qiyapman. Siz menga

    ...
  • Binafshalar aytgan haqiqat

    Maktabga ketayotganimda, yo‘l chekkasidagi oddiygina uy darvozasi yoniga qo‘yilgan eski yog‘och kursida bir kampir omonatgina o‘tirardi. Men baland ovozda unga salom berardim. Kampir serajin yuzlariga chiroyli tabassum yugurib, alik olardi. Kampirning ovozi shunday mehrli bo‘lardiki, vujudim shodlikka to‘lib ketardi. Bu notanish kampir bilan salom-alikdan nariga o‘tmagan bo‘lsam-da, u

    ...
  • She’riyat bayrami

    1999-yil YUNESKO bosh konferensiyasining XXX kongressida “21-mart – Butunjahon she’riyat kuni bayrami”, deb e’lon qilindi. Qarorda “She’riyat insonning eng muhim, dolzarb ma’naviy savollariga javob beruvchi vosita hisoblanadi. Ammo, buning uchun imkon darajasida she’riyatga jamoat diqqatini jalb etish kerak. “Butunjahon she’riyat kuni” zamonaviy shoirlar ijodini targ‘ib qiluvchi nashriyotlar,

    ...
  • Xalqaro teatr kuni

    Mart oyida yana bir muhim sana bayram sifatida keng nishonlanadi. Bu – “27-mart – Xalqaro teatr kuni”.

    Teatr madaniyatini dastavval Yevropa zaminida eng qadimiy yunonlar va rimliklar yaratgan. Yunon teatri eramizdan avvalgi V asrda gullab-yashnagan bo‘lsa, Rim teatrining yuksalish davri eramizdan avvalgi III asrning ikkinchi yarmi va II asrga to‘g‘ri keladi. Uning paydo bo‘lishi

    ...
  • Изучаем русский язык (2018-yil 3-son)

    000

  • English time

    Edna St. Vincent Millay (1892–1950) was an American poetess and playwright. Her first book “Renascence and other poem” was published in 1917. She was noted for both her dramatic works, including “Aria da capo”, “The Lamp and Bell” and for such lyric verses as “Renascence” and the poems found in the collections “Second April”, “The Ballad of the Harp-Weaver”. She became the winner of

    ...
  • “She’riyat gulshani” to‘garagi a’zolari ijodidan

    Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 283-maktabning Muhiba Rajabova rahbarlik qilayotgan “She’riyat gulshani” to‘garagi a’zolari mehmonimiz.


     

     

    Tinchlik

     

    Afsonaviy Shohizinda zinalari yuksaklikka ko‘tarilib, uzoq-yaqin o‘tmishdan hikoya qilayotgandek. Ana shu

    ...
  • Buvimning rassom bolasi

    Yuliyeva MARKOVA

     

    Tasviriy san’at darsidan yangi o‘qituvchi kelganiga ham ikki oydan oshdi. Har safar uyga vazifa berishi shunaqangi alam qiladiki, lekin chizishga majburmiz.

    Bir kuni idishlarga – choynak, piyola, likopchalarga naqsh chizish darsini o‘tdik. Oq idishga chiroyli qilib chizilgan ko‘k, havorang gullar juda

    ...
  • Tuproq bilan tillashing

    Bahor kelib hovli, tomorqa, dala ishlari qizg‘in tus oldi. Ota-onalaringiz, bobolaringiz bajarayotgan ekin-tikin yumushlarini diqqat bilan kuzatsangiz, yer bilan, tuproq bilan muomala qilishning sirlarini bilib olasiz. “Yer – xazina, suv – gavhar”, deydi xalqimiz. Dehqonlarimiz bu maqolni dillariga jo qilib olishgan. Darhaqiqat, inson hayoti, uning yashashi uchun zarur bo‘lgan meva-cheva,

    ...
  • Suv bilan ko‘rkam olam

    000

  • Siklovord

    000

     

    Aylanma krossvord javob so‘zlari soat mili yo‘nalishida yoziladi.

     

    1. 1. Xushbo‘y gul.
    2. 2. Yer bag‘irlab o‘sadigan rang-barang gulli o‘simlik.
    3. 3. Erta bahor ekini.
    4. 4.
    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.