Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Varraklar uchdi

Bahor kelib do‘stlarim,

Ko‘m-ko‘k bo‘ldi tevarak.

Gala qushday osmonda

Viz-viz uchar ming varrak.

Mehnatkash bobodehqon

Yer chopar, urug‘ qadar –

Bahorning xush ifori

Dilga yoqar naqadar.

 

E’zoza O‘RINOVA,

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani

44-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.