Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qaldirg‘och kelsa

Ayvonimga kelsa bir juft qaldirg‘och,

Beg‘ubor kurtaklar uyqudan tursa...

Falakka talpinsa mag‘rur qayrag‘och,

Maysalar olamga salomin bersa...

Oppoq libosini oftobga yechib,

Yashil to‘nin kiysa qir-u adirlar.

Dalalarga qizil qizg‘aldoq sochib,

Ona yer bahorni shunday qadrlar.

 

Mohira ALLANAZAROVA,

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani

25-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.