Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Go‘zallik naqshi

Kirib keldi Bahoroy –

Fasllar kelinchagi.

Yashnab ketdi birma-bir

Bog‘larning gul-chechagi.

Uyg‘onadi boychechak,

Gullatadi qirlarni.

Yomg‘ir yog‘ib har sahar,

Yuvar g‘ubor, kirlarni.

Yoqar tonggi shabboda,

Yoqar kapalak raqsi.

Hamma fasl ham go‘zal,

Men uchun bahor yaxshi.

 

Zeboxon HOLIMOVA,

Namangan viloyati Chortoq tumani

2-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.