Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Uyg‘onish fasli

Yomg‘ir dildan g‘uborni yuvib,

Qahratonni solganday quvib

Yog‘ar mayin, shitirlab asta,

Orolanar zamin birpasda.

Shildiraydi soylarda suvlar,

Davra qurib, kuylar suluvlar.

Kurtak yozar, daraxtlar qiyg‘os,

O‘zlariga berganday pardoz.

Uchirishar samoda varrak,

Bulutlar shod chaladi qarsak.

Samo uzra tovlanib turfa

“Kamalak”xon hozirlar tuhfa.

 

Niginabonu NURULLAYEVA,

Buxoro shahar 34-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.