Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maysalar atri

Zumradrang chiroyli ko‘ylaging kiyib,

Maysalar atriday yeldingmi, bahor?!

Sog‘ingan dillarga go‘zallik solib,

Bayramni qutlashga keldingmi, bahor?!

Saloming – boychechak, lolaqizg‘aldoq,

Nafis iforingdan dillar yashnaydi.

Sog‘inchidan entikib bu ona tuproq,

Yo‘lingga baxmaldan gilam to‘shaydi.

 

Maftuna MAHMUDJONOVA,

Toshkent shahar Olmazor tumani

261-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.