Mahalla
Har bir inson tug‘ilganida
Qalbga mehr soladi alla.
Shu mehrni abadiy qilgan
Oddiygina mo‘jaz mahalla.
Vatandagi kichik vatandir,
Bayramlarda kuylar baralla.
Garchi qancha kichik bo‘lsa ham,
Shuncha bag‘ri kengdir mahalla.
Mehmondo‘stlik boshlanar undan,
Noz-ne’matlar to‘kin har palla.
Odamlarda Vatan tuyg‘usin
Uyg‘otadi ilk bor mahalla.
Zumrad ESHMIRZAYEVA,
Toshkent viloyati Chinoz tumani
37-maktab 9-sinf