Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ona yurtim

Bahodirlar beshigisan,

Tamaddunning eshigisan,

Elning buyuk qo‘shig‘isan,

Tengsiz makon – ona yurtim.

Tuproq gardi tilloga teng,

Cho‘p tushsa shaksiz unar, deng.

Tanti xalqi – fe’li ham keng,

Jannatmonand – ona yurtim.

Quyosh suygan – suyuk-erka,

Erishgandir buyuk erkka,

Cho‘qqini zabt etar erta,

Cheksiz imkon – ona yurtim.

 

Behruzabegim ABDURAHMON qizi,

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli ixtisoslashgan maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.